Kirish Ro'yxatdan o'tish

UYEFA YECHL o‘yinlarini dam olish kunlariga ko‘chirishi mumkin

UYEFA YECHL o‘yinlarini dam olish kunlariga ko‘chirishi mumkin

Baho:
+ | -

UYEFA yevrokuboklarning taqvimiga o‘zgartirish kiritishi mumkin. Tashkilot Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi o‘yinlarini dam olish kunlariga ko‘chirish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Bu Yevropa superligasi musobaqasi tuzilishiga qarshi ko‘rilayotgan choralardan biri ekani haqida aytilmoqda.

Avvalroq Football Leaks xabar tarqatib, Yevropaning bir qator klublari Superliga tuzish g‘oyasini muhokama qilayotgani haqida ma’lumot bergandi. Unda asosiy 11ta klub — «Real», «Barselona», «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Arsenal», «Manchester Siti», «Liverpul», «PSJ», «Yuventus», «Milan» va «Bavariya» musobaqani tark etmaydi. Mehmon sifatida taklif etiladigan 5ta jamoa — «Atletiko», «Borussiya» Dortmund, «Marsel», «Inter» va «Roma» esa turnirni tark etishdan kafolatlanmaydi.

UYEFA va FIFA rahbarlari ushbu g‘oyaga keskin qarshi chiqishdi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 20:13, 12.11.2018.
O'qildi: 7165 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик