Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

O‘zbekiston MTJ «Perry Park»da mashg‘ulot o‘tkazdi (fotogalereya)

O‘zbekiston MTJ «Perry Park»da mashg‘ulot o‘tkazdi (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Avstraliyaning Brisben shahrida yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bugun "Perry Park" stadionida navbatdagi mashg‘ulotni o‘tkazishdi.

Mashg‘ulot odatdagidek yuqori kayfiyatda o‘tdi. Terma jamoa shifokori Abror Pirriyevning O‘FA matbuot xizmatiga ma’lum qilishicha, tarkibdagi barcha futbolchilarning sog‘lig‘i joyida. Jarohat olganlar yo‘q. Barcha futbolchilar umumiy guruhda mashg‘ulotlarda qatnashishdi. 

Futbolchilar tezkorlikni oshirishga qaratilgan o‘ziga xos estafeta mashqlarini ham olib borishganini ta’kidlab o‘tish kerak. Bundan tashqari, murabbiylar shtabi terma jamoa a’zolarining ko‘zlarini bog‘lab, maydondagi jamoadoshi qayerda joylashganini his qilishga va unga to‘g‘ri pas berishga qaratilgan o‘ziga xos mashqlarni o‘tkazishganini ham alohida qayd etish zarur.

Yana bir ma’lumot. Avstraliya futbol federasiyasi "Suncorp" stadioni maydon chimining sifati bilan bog‘liq muammo tufayli, Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinni "Queensland Sport and Athletics Centre" (ANZ Stadium nomi bilan mashhur) o‘yingohda o‘tkazishni taklif qilishdi (17 noyabr kuni bu stadionda Avstraliya - Janubiy Koreya uchrashuvi o‘tkazilgandi).

Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi "Queensland Sport and Athletics Centre" stadionida Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin oldidan so‘nggi mashg‘ulotni o‘tkazishadi.  

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 17:41, 18.11.2018.
O'qildi: 5462 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик