Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Millatlar ligasi. Belgiya «og‘zidagi oshi»ni Shveysariyaga oldirdi (video)

Millatlar ligasi. Belgiya «og‘zidagi oshi»ni Shveysariyaga oldirdi (video)

Baho:
+ | -

UYEFA millatlar ligasining "A" ligasi 2-guruhi kutilmagan natija bilan yakuniga yetdi.

JCH-2018 bronza medali sohibi — Belgiya terma jamoasi ushbu guruhdan musobaqaning final bosqichiga chiqishi kutilgandi. Ular bunga yaqin ham turishgandi. Buning uchun so‘nggi turda Shveysariya maydonida durang o‘ynashi kifoya edi.

Bahsning 2 va 17-daqiqalarida Torgan Azar tomonidan ikkita gol evaziga belgiyaliklar hisobda oldinga chiqib olishdi. Ammo mezbonlar qolgan daqiqalarda nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki raqibni yirik hisobda mag‘lub etishdi — 5:2.

Shveysariyaliklar hujumchisi Seferovich xet-trikni rasmiylashtirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Shveysariya ochkolar bo‘yicha Belgiya bilan tenglashib oldi, ammo o‘zaro o‘yinlar bo‘yicha "soatsozlar" musobaqa final bosqichiga yo‘l olishdi.

UYEFA millatlar ligasi, "A" liga, 2-guruh
Shveysariya – Belgiya 5:2 (3:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 2 Azar, 0:2 – 17 Azar, 1:2 – 26, penalti Rodriges, 2:2 – 31 Seferovich, 3:2 – 44 Seferovich, 4:2 – 62 Elvedi, 5:2 – 84 Seferovich.
Shveysariya – Zommer, Elvedi, Mbabu, Kloze, Rodriges, Suber (Benito, 87), Jaka, Froyler (Zakariya, 79), Fernandesh, Shakiri, Seferovich (Ayeti, 90).
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Kompani, Boyata, Menye (Origi, 90), Shadli (Batshuayi, 65), Vitsel, Azar, Tilemans, Azar, Mertens.
Ogohlantirishlar: Jaka (38), Mbabu (79), Seferovich (87).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:49, 19.11.2018.
O'qildi: 6700 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик