Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

OCHL: Kvotamiz qachon ko‘payadi...?

OCHL: Kvotamiz qachon ko‘payadi...?

Baho:
+ | -

OCHL-2018 yaqindagina yakuniga yetganidan xabaringiz bordir. Joriy yilgi turnir finishga yetgani hamono OFK rasmiy saytida kelgusi mavsumning saralash bosqichlari juftliklari e’lon qilindi. Ammo «pley-off» raundi uchun qur’a jarayoni qanday tashkillashtirilgani to‘g‘risida aytarli ma’lumot yo‘q. Shunisi ma’lumki, OCHL-2019 guruh bosqichiga 22 noyabr kuni qur’a tashlanadi.

Kvotalar taqsimoti

Ma’lumki, 2017 yildan buyog‘iga O‘zbekiston klublariga OCHLda «1+2» ko‘rinishida kvota ajratilmoqda. Noyabr oyi oxiriga kelib, Osiyoda xalqaro mavsum deyarli yakuniga yetdi va OCHL-2019 yo‘llanmalari mamlakatlar o‘rtasida qanday taqsimlanishi rasman ma’lum qilindi. Demak, O‘zbekiston «G‘arb» mintaqasidagi mamlakatlar reytingi (OFK texnik reytingi)da 5-o‘rinni band etdi. Bu bizga OCHL uchun «1+2» ko‘rinishida kvota berilishini anglatadi. «G‘arb» mintaqasida eng ko‘p yo‘llanma BAA (95,940 ball) va Saudiya Arabistoni (84,269 ball)ga tegishli - «3+1». Qatar (82,407 ball) va Eron (71, 851 ball)ga «2+2» ko‘rinishida chipta ajratilgan. Farqi shuki, Eron jamoalari Qatar vakillaridan farq­li ravishda, kurashni bitta quyi bosqichdan boshlaydi. «1+2» ko‘rinishida kvota olgan O‘zbekiston (43,305 ball) klublari ham 2-saralash raundidan kurashga kirishadi. Iroq (42,141 ball)liklar ulushi  - «1+1», Quvayt (24,798 ball)­liklarniki  - «0+1». Xullas, yangi mavsumda Quvayt klublarining OCHLda qatnashishiga ruxsat berildi. Chunki FIFA tomonidan Quvayt futbol federasiyasiga nisbatan belgilangan diskvalifikasiya bekor qilindi. Shunday ekan, quvaytliklar ma’lum muddatli tanaffusdan so‘ng yana xalqaro futboldan bahra oladigan bo‘lishdi. Suriya (28,983 ball) va Bahrayn (24,337 ball) jamoalari OFKning lisenziyalash talabini bajarmagani tufayli musobaqaga qo‘yilmaydi. Shuning hisobiga saralash dovonida guruh bosqichining 4 yo‘llanmasi uchun atigi 13ta jamoa kurash olib boradi. Deylik, «Sharq» mintaqasida 4ta chipta 14ta klub o‘rtasida o‘ynaladi.

Ayni holatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichiga chiqadigan 24ta klubdan atigi 3tasi (O‘zbekiston, Yaponiya va Xitoy vakillari) noma’lum, xolos. Shuningdek, saralash bos­qichlarida qatnashadigan ayrim jamoalar hozircha aniq emas. Alohida ta’kidlash o‘rinli, klublarni lisenziyalash jarayoniga bog‘liq muammolar sabab, yana bir qator chetlatishlar kuzatilishi ehtimoli yo‘q emas. Eng achinarlisi shuki, Osiyo klub futbolining bosh turniri geografiyasi hali-hamon 22ta mamlakatdan nariga o‘tmayapti...

Qaysi klublar ishtirok etadi?

Yangi mavsumda OFKga a’zo 22ta mamlakatning 51ta klubi qatnashadi. Yaqinda yakunlangan mavsumga nisbatan olsak, saralash raundlari ishtirokchilari soni 1taga kamaydi. Bizdan bu safar ham 3ta vakil o‘z omadini sinab ko‘radi. Yangi chempion (katta ehtimolki, «Lokomotiv») to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh raundiga qo‘shilsa, 2-o‘rin egasi (katta ehtimolki, «Paxtakor») va kubok sohibi (AGMK)dan avvalo kvalifikasion chig‘iriqdan o‘tish talab etiladi. Umuman, «G‘arb» mintaqasida guruh bosqichiga yo‘l oladigan 12ta klubdan 11tasi ma’lum. «Sharq» hududida esa faqat Xitoy va Yaponiya vakillarini aniqlash qoldi, xolos. Qisqasi, bu mintaqada guruh bosqichida ishtirok etuvchi 10ta jamoa nomi ma’lum. OCHLning amaldagi g‘olibi - «Kashima Antlers» o‘z mamlakati chempionatida 3-o‘rinda boryapti, qolaversa, Yaponiya kubogi uchun kurashni davom ettiryapti. Demakki, unda OCHL-2019ga ilinib olish imkoniyati mavjud.

 

OCHL-2019: ishtirokchi klublar

«G‘arb» mintaqasi (guruh bosqichida o‘ynaydiganlar)

BAA - «Al-Ayn» (14-marta), «Al-Vahda» (10-marta), «Al-Vasl» (3-marta)

Saudiya Arabistoni - «Al-Hilol» (15-marta), «Al-Ittihod» (11-marta), «Al-Ahli» (11-marta)

Qatar - «Al-Duhayl» (8-marta), «Al Sadd» (14-marta)

Eron - «Persepolis» (8-marta), «Istiqlol» (10-marta)

O‘zbekiston - «Lokomotiv» (8-marta) yoki «Paxtakor» (15-marta)

Iroq - «Al-Zavra» (4-marta)

«G‘arb» mintaqasi (saralash bosqichlarida o‘ynaydiganlar)

«Pley-off» raundi

BAA - «Al-Nasr» (4-marta)

Saudiya Arabistoni - «Al-Nasr» (4-marta)

Qatar - «Al-Rayyan» (9-marta), «Al-Garafa» (10-marta)

2-saralash raundi

Eron - «Zob-Ohan» (8-marta), «Saypa» (2-marta)

O‘zbekiston - AGMK (1-marta), «Lokomotiv» (8-marta) yoki «Paxtakor» (15-marta)

Iroq - «Eyr Fors» (4-marta)

Tojikiston - «Istiqlol» (1-marta)

Hindiston - «Minerva Panjob» (1-marta)

1-saralash raundi

Iordaniya - «Al-Vihdat» (5-marta)

Quvayt - «Quvayt» SK (6-marta)

«Sharq» mintaqasi (guruh bosqichida o‘ynaydiganlar)

Janubiy Koreya - «Chonbuk Xyunday Motors» (12-marta), «Ulsan Xyunday» (7-marta), «Gyongam» (1-marta)

Xitoy - «Shanxay SIPG» (4-marta), «Shandon Luneng» (9-marta) yoki «Pekin Guoan» (8-marta), «Guanjou Evergrand» (8-marta)

Yaponiya - «Kavasaki Frontale» (7-marta), Yaponiya Imperator kubogi sohibi yoki «J»-ligasining 3-jamoasi

Avstraliya - «Sidney» (5-marta), «Melburn Viktori» (7-marta)

Tailand - «Buriram Yunayted» (8-marta)

Malayziya - «Johor Dorul Ta’zim» (5-marta)

«Pley-off» raundi

Janubiy Koreya - «K»-ligasining 3 yoki 4-jamoasi

Yaponiya - «J»-ligasining 2-4-jamoalaridan 2tasi

Xitoy - «Shandon Luneng» (9-marta) yoki «Pekin Guoan» (8-marta)

2-saralash raundi

Avstraliya - «Nyukasl Jets» (2-marta)

Tailand - «Chiangray Yunayted» (2-marta), «Bangkok Yunayted» (3-marta)

Malayziya - «Perak» (1-marta)

Gonkong - «Kitchi» (5-marta)

Vyetnam - «Xanoy» (5-marta)

1-saralash raundi

Filippin - «Seres-Negros» (2-marta)

Singapur - «Xoum Yunayted» (2-marta)

Indoneziya - Liga 1 chempioni

Myanma - «Yangon Yunayted» (2-marta)

 

Vakillarimiz: AGMK va vise-chempion yo‘li

Demak, 2ta klubimiz OCHL-2019 saralashida ishtirok etadi: AGMK va «Lokomotiv» yoki «Paxtakor». Vakillarimiz guruhga chiqish uchun 2ta raqibni «ag‘da­rish»lari lozim. Shart bitta - har bir raundda g‘alaba qozonish. Bitta bosqich o‘yini 120 daqiqagacha cho‘zilishi, hattoki, penaltilar seriyasiga qadalishi ham mumkin. OFK 14 noyabr kuni saralash bosqichi mexanizmini e’lon qildi. Unga ko‘ra, AGMK 12 fevral kuni o‘z maydonida Tojikiston chempioni - «Istiqlol» (Dushanbe) bilan kuch sinashadi. Oldinroq «Istiqlol»ning Bahrayn chempioniga qarshi o‘ynashi haqida xabar berilgandi. Ammo «Al-Muharraq» OFKning lisenziyalash jarayonidan o‘tolmadi. Ma’lumotlarga qaraganda, Bahrayn chempionati hali-hanuz yarim professional liga maqomida qolmoqda. AGMK - «Istiqlol» uchrashuvi g‘olibi 19 fevral kuni Saudiya Arabistonida «Al-Nasr» mehmoni bo‘ladi. Shu o‘yin g‘olibi guruh bosqichiga yo‘l oladi.

O‘zbekiston vise-chempioni esa avvaliga o‘z maydonida Iroqning «Eyr Fors» klubini mag‘lub etishi lozim. Bu bahs ham 12 fevral sanasiga belgilangan. Juftlik g‘olibi 19 fevral kuni BAAda «Al-Nasr»ga qarshi maydonga tushib, yana bir yo‘llanma taqdiriga oydinlik kiritadi.

 

«G‘arb» mintaQasi: saralash mexanizmi

1-saralash raundi. 2019 yil 5 fevral (seshanba)

1. «Al-Vihdat» (Iordaniya) - «Quvayt» SK (Quvayt)

2-saralash raundi. 2019 yil 12 fevral (seshanba)

2. O‘zbekiston vise-chempioni - «Eyr Fors» (Iroq)

3. AGMK (O‘zbekiston) - «Istiqlol» (Tojikiston)

4. «Saypa» (Eron) - «Minerva Panjob» (Hindiston)

5. «Zob-Ohan» (Eron) - 1-juftlik g‘olibi

Pley-off raundi. 2019 yil 19 fevral (seshanba)

6. «Al-Nasr» (BAA) - 2-juftlik g‘olibi

7. «Al-Nasr» (Saudiya Arabistoni) - 3-juftlik g‘olibi

8. «Ar-Rayyan» (Qatar) - 4-juftlik g‘olibi

9. «Al-Garafa» (Qatar) - 5-juftlik g‘olibi

Mukofot jamG‘armasi

2019 yilning 5 fevralidan 24 noyabriga qadar o‘tkaziladigan yangi mavsumda guruh bosqichidagi 1ta g‘alaba uchun 50 ming, durang uchun esa 10 ming dollar beriladi. Shuningdek, safar o‘yinlari xarajati uchun turli miqdorda pul to‘lanadi:

Saralash bosqichi o‘yinlari uchun - 20 ming dollar

Guruh bosqichidan  yarim finalgacha bo‘lgan o‘yinlar uchun - 30 ming dollar

Final o‘yini uchun - 60 ming dollar

Klublar har bir bosqichga chiqqani uchun ham alohida rag‘batlantiriladi:

1|8 final yo‘llanmasi uchun - 100 ming dollar

1|4 final yo‘llanmasi uchun - 150 ming dollar

Yarim final yo‘llanmasi uchun - 250 ming dollar

Finalchiga - 2 mln. dollar

OCHL g‘olibiga - 4 mln. dollar

Xullas, mukofot jamg‘armasi nisbatan oshirildi.

 

OCHL-2019:

kvotalar

taQsimoti

«G‘arb» mintaqasi

BAA - «3+1»

Saudiya Arabistoni - «3+1»

Qatar - «2+2»

Eron - «2+2»

O‘zbekiston - «1+2»

Iroq - «1+1»

Tojikiston - «0+1»

Hindiston - «0+1»

Iordaniya - «0+1»

Quvayt - «0+1»

«Sharq» mintaqasi

Janubiy Koreya - «3+1»

Xitoy - «3+1»

Yaponiya - «2+2»

Avstraliya - «2+1»

Tailand - «1+2»

Malayziya - «1+1»

Gonkong - «0+1»

Vyetnam - «0+1»

Filippin - «0+1»

Singapur - «0+1»

Indoneziya - «0+1»

Myanma - «0+1»

Turnir homiylari

OCHL bosh homiylari ro‘yxatida quyidagi brendlar bor: Abu Dhabi Airport, Fly Emirates, Nike (2019 yildan to‘plar masalasida Molten bilan hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan), Nikon, Karcher, QNB Group, Allianz, Toyota, Tsingtao, Seiko, C’estbon, Lagardire Group, PES. Mavsum startiga qadar ro‘yxatda o‘zgarishlar bo‘lishi ham mumkin. Panasonic, Pepsi, Qatar Petroleum, SDLG, Asahi, Yanmar, World Sport Group kabi brendlar yangi mavsum homiylari ro‘yxatida ko‘rsatilmayapti. 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 01:42, 22.11.2018.
O'qildi: 8039 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.