Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Tokio Olimpiadasida bokschilardan umidimiz katta

Tokio Olimpiadasida bokschilardan umidimiz katta

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Sir emaski, boks Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston uchun medal taqdim etuvchi eng asosiy sport turi hisoblanadi. 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ham boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagandilar. Endi bokschilarimiz oldida yanada mas’uliyatli vazifa turibdi. Ular ushbu natijani kamida takrorlashlari lozim bo‘ladi. Bu esa oson bo‘lmasligi tabiiy. Chunki, 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha bellashuvlarda vazn toifalari kamaytiriladi. Bungacha 10 ta vaznda bahslar tashkil etilgan bo‘lsa, Tokio Olimpiadasida 8 ta vaznda bahslar o‘tkaziladi.

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston boks federasiyasi mas’ullari bilan yig‘ilish tashkil qilindi. Uchrashuvni Bosh kotib Jasur Matchanov olib bordi. O‘tkazilgan yig‘ilishda bokschilarimizni Tokio Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan strategiya muhokama qilindi. Federasiya vakillari bu bo‘yicha o‘z rejalarini, maqsad va vazifalarini tushuntirib berdilar.

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi mutasaddilari bilan ana shunday yig‘ilish tashkil etilgandi. Rejaga ko‘ra, Milliy olimpiya qo‘mitasida barcha olimpiya sport turlari federasiya va assosiasiyalari bilan ana shunday muhokamalar bo‘lib o‘tadi. Zero, Yaponiya mezbonlik qiladigan Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish bugungi kunda MOQ oldiga qo‘yilgan eng dolzarb vazifadir.

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:02, 22.11.2018.
O'qildi: 2211 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.