Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

«Atletiko» – «Barselona»: Valverde hal qilishi lozim bo‘lgan 3ta muammo

«Atletiko» – «Barselona»: Valverde hal qilishi lozim bo‘lgan 3ta muammo

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Atletiko"ga qarshi bo‘ladigan La liganing 13-turi doirasida bo‘ladigan o‘yinda tarkib borasida ayrim muammolarga duch kelmoqda. "Ko‘k-anorranglilar"ning ayrim futbolchilari jarohat olgani bois, murabbiy optimal yechim topa olishi kerak.

1. Ivan Rakitichning o‘rniga kim tushadi?
"Betis"ga qarshi bo‘lib o‘tgan 12-tur bahsida xorvatiyalik futbolchi maydondan chetlatilgandi. Boz ustiga, u terma jamoa safida jarohat oldi. Shu bois, u markaziy o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. Uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan eng asosiy nomzod — Arturo Vidal. Chililik futbolchi asta-sekin jamoa o‘yiniga moslashib bormoqda. Rakitichning o‘rnida harakat qilishi mumkin bo‘lgan boshqa futbolchi ham bor —  Serxi Roberto. Ammo ispaniyalik futbolchi o‘ng qanot himoya pozisiyasini egallashi ham mumkin. Barchasi Ernesto Valverde tanlaydigan taktikaga bog‘liq. Agar Roberto maydon markazini egallaydigan bo‘lsa, o‘ng qanot himoyasiga Nelson Semedu tushiriladi.

2. Koutinyo yoki Dembele?
Braziliyalik futbolchi jarohat tufayli "Betis"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Koutinyo "Atletiko" bilan o‘yinda ishtirok etishi mumkin. Ammo ko‘p narsa uning jarohatdan qanchalik forig‘ bo‘lganiga bog‘liq. Agar Filippe o‘yinga tayyor bo‘lsa, Valverdening ishi ancha yengillashgan bo‘lardi.

Dembele bilan bog‘liq vaziyat esa biroz chigal. Fransiyalik futbolchi soppa-sog‘, ammo u intizom borasida ko‘p muammolarga bormoqda. Xabaringiz bor, Usmon tuni bilan videoo‘yin o‘ynab chiqib, jamoaning ertalabki mashg‘ulotiga kelmadi. U qornim og‘rib qoldi, deb bahona qilgandi, ammo shifokorlarning yoning yolg‘on gapirganini fosh qilishdi. Shu bois, Dembele "Betis"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. Agar Koutinyo o‘yinga tayyor bo‘lmasa, Dembele bu safar maydonga tushishi mumkin.

Bundan tashqari, Valverde ixtiyorida Malkom ham borligini unutmaslik lozim. Murabbiy balki chap qanot hujumida asosiy urg‘uni braziliyalik futbolchiga qaratar.

3. Markaziy himoya
Samuel Umtiti jarohatidan forig‘ bo‘lib, mashg‘ulotlarga qaytgani Valverdeni quvontirgani aniq. Fransiyalik futbolchi bir yarim oy davomida o‘z jamoasiga yordam bera olmadi. Shuningdek, himoya markazida Pikega Langle ham sheriklik qilishi mumkin. Bu borada yakuniy qarorni Valverde chiqaradi.

"Atletiko" – "Barselona" uchrashuvi "Vanda Metropolitano" stadionida 24 noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:45da boshlanadi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 10:10, 23.11.2018.
O'qildi: 14444 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик