Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid 1-0 Betis
11/01 22:00 Torino 1-1 Yuventus
11/01 22:30 Espanyol 1-1 Leganes
12/01 00:45 Milan 1-1 Kalyari
12/01 01:00 Sevilya 1-1 Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma
13/01 00:45 Napoli - Verona

Ravshan Haydarov: «Fevralda Yevropaga chiqamiz»

Ravshan Haydarov: «Fevralda Yevropaga chiqamiz»

Baho:
+ | -

Avvalroq, Milliy olimpiya qo‘mitasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilingani haqida xabar bergan edik.

Anjumanda «Dubai Cup» musobaqasi yakunlari, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining Tokio 2020 Olimpiadasiga atab ishlab chiqilgan strategiyasi, rejalar va yig‘inlar haqida ma’lumot berildi.

Terma jamoa haqida

Avvalambor shuni qayd etib o‘tishim lozimki, Olimpiya terma jamoamiz uchun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Tokio Olimpiadasi yo‘lida strategiya ishlab chiqdik. Shu maqsadda OTJ uchun turli yig‘inlar tashkil etib kelmoqdamiz. Bu borada ishlar allaqachon boshlangan. O‘yinchilarni saralab olish jarayoni hozir ham davom etmoqda. Tarkib shakllantirilmoqda. Bu bo‘yicha keng miqyoda ishlar olib bormoqda. Nafaqat jismonan, balki ruxiy tomonlama ham ishlanmoqda. Terma jamoa uchun kuchli psixologlarni ham jalb qilganmiz”.

DubaiCup” musobaqasi haqida

Yaqinda Birlashgan Arab Amirliklarida yakunlangan “Dubai Cup»”musobaqasi yil davomida qilingan ishlar samarasini ko‘rsatib berdi. Nufuzli turnir davomida Yaponiya, BAA, Quvayt kabi yaxshi saviyadagi terma jamoalar bilan o‘yinlar o‘tkazdik. Bunday raqiblarga qarshi bahslarda jamoamizning kuchini ko‘rib olish imkoniyati bo‘ladi. Yig‘indan unumli foydalana oldik deb hisoblayman.

Kelgusi rejalar

Tayyorgarlik rejamiz kunma-kun tuzib chiqilgan. Dekabr oyida Toshkentda yig‘in boshlanadi. Unda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ish olib boriladi. Yanvarda esa Turkiyada yig‘in tashkil qilinadi. Slovakiya va Ozarbayjon terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi ham rejalashtirilmoqda. Fevral oyida esa Yevropada bo‘lib o‘tadigan yig‘inda ishtirok etamiz.

Tarkibni shakllantirish masalasida muammo yuzaga kelmayaptimi?

Olimpiya terma jamoasida yig‘ilgan futbolchilarimiz orasida U-23 jamoamizda o‘ynagan yigitlar ham bor va bu borada ularning o‘ziga xos tajribalari bor deb bemalol ayta olaman. Umuman olganda, seleksiya ishlari keng qamrovda olib borildi. Ko‘plab futbolchilarga imkoniyat berildi. Jamoani shakllantirish uzoq davom etadigan jarayon. Ushbu terma jamoamiz uchun 165 nafargacha futbolchi sinab ko‘rildi. Ularni jismoniy va ruxiy testlardan o‘tkazganmiz. Bundan tashqari, klublarimiz murabbiylari bilan ham muntazam aloqadamiz.

Manba: Stadion
Kiritildi: 14:19, 24.11.2018.
O'qildi: 5364 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.