«Barselona» yarim himoyachisi Rafinya Ispaniya La ligasining 13-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Atletiko»ga qarshi o‘yinda (1:1) tizzasidan jarohat oldi.
Futbolchi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Uning tizzasidagi bo‘g‘imida uzilish yuz bergan. Ushbu jarohat tufayli Rafinya jarrohlik stoliga yotadi. Marca tarqatgan xabarga ko‘ra, operasiyadan keyin futbolchining tiklanishi uchun 6 oy vaqt talab qilinadi.
Rafinya Primeraning ushbu mavsumida 5ta o‘yinda maydonga tushgan.