Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: «Maqsud Karimovdan hammamiz minnatdormiz»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Maqsud Karimovdan hammamiz minnatdormiz»

Baho:
+ | -

O‘yindan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ham o‘yin haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugun ikki bo‘limda  ikki xil o‘yinga guvoh bo‘ldik. Birinchi bo‘limda ikkita gol farqi bilan oldinga chiqib oldik. Ikkinchi bo‘limda yigitlarga ta’kidlagan edimki, o‘yinni aslo bo‘shashtirmaslik kerakligini. “AGMK” jamoasi so‘nggi daqiqalargacha kurashadigan jamoa hisoblanadi. Qolaversa, Farg‘onada bo‘lib o‘yin haqida ham gapirgan edim, “AGMK” o‘sha o‘yinda 10 kishi bo‘lib, duranggga erishgan edi. Ikkinchi bo‘limdagi sust harakatlarimiz bugungi durangga asosiy sabab bo‘ldi. Afsuski, tayyor g‘alabani qo‘limizdan chiqarib qo‘ydik. Albatta bugun aksariyat futbolchilarimizda toliqish ham sezildi. O‘zlaringizga ma’lum, ko‘plab o‘yinchilarimiz terma jamoalarimiz safida to‘p tepishdi, yana uzoq yo‘l, bularning hammasi o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Shuning uchun ikkinchi bo‘limda yanada kuchliroq o‘yin ko‘rsatish ularga qiyin bo‘ldi. Asosan mana shular bugungi durangga sabab bo‘ldi.

Men fursatdan foydalanib, bizni mavsum davomida, har qanday holatmizda yaqindan qo‘llab-quvvatlagan jonkuyar muxlislarimizga o‘zim nomimdan, futbolchilarimiz nomidan kattadan-katta tashakkurlar bildiraman. Biz uchun bu yil qiyin mavsum bo‘ldi. Yilni yaxshi boshlagan edik, OCHLda ishtirok etdik.  Jamoamizdagi katta yo‘qotishlar, bizning yuqori o‘rinlarda yurishimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. O‘yinlarimizda pasayishlar bo‘ldi. Shunday holatda ham biz bilan birga bo‘lgan, bizga ishongan muxlislarimizdan juda minnatdormiz. Bu bizga katta dalda va kuch bag‘ishladi. Sizlarga katta rahmat aziz muxlislar!

Maqsud Karimov haqida ham to‘xtalib o‘tmoqchiman. Biz uchun juda qadrli bo‘lgan futbolchimizdan juda minnatdormiz. U ancha yil jamoamiz tarkibida to‘p tepdi. Klubimizga o‘z  umrining eng navqiron va jo‘shqin vaqtlarini berdi. Yutuqlarimizga salmoqli hissasini qo‘shdi. Biz murabbiylarga yaqin ko‘makchi bo‘ldi. Karimov nafaqat yetakchi futbolchimiz, balki yaqin insonimiz sifatida hammamiz uchun qadrlidir. Shu o‘rinda klubimiz rahbariyatiga taklif bildirib qolardim, imkon bo‘lsa, Maqsud Karimovni jamoamizda olib qolish kerak, unga bironta ish berish kerak. U o‘ziga yuklatilgan har qanday ishni uddalay olishiga ishonaman, jumladan murabbiylikni ham. Undan yaxshigina murabbiy chiqadi. Biz Maqsud Karimovdan juda minnatdormiz.

Aziz G‘aniyev haqida? Azizjon mana yaqinda Yaponiyadan davolanib qaytdi. U hozir yengil mashqlarni boshladi. Shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, yangi yildan umumiy mashg‘ulotlarga qaytadi va jamoamiz o‘yinlariga o‘zining yordamini beradi. Sizlar kabi, bizlar ham uning o‘yinini juda sog‘inganmiz. Barib-bir tarkibimizda G‘aniyev o‘ynasa, o‘yinimiz ham boshqacha kechadi", - dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 20:48, 25.11.2018.
O'qildi: 3778 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.