Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Mavsumning eng muhim o‘yinini o‘tkazib yubormang!

Mavsumning eng muhim o‘yinini o‘tkazib yubormang!

Baho:
+ | -

Joriy yildan o‘zgacha format va yangicha nom olgan O‘zbekiston chempionatining 2018 yilgi mavsumi sekin-asta o‘z poyoniga yetib bormoqda. 

Siz-u bizga shiddatli uchrashuvlar, ajoyib gollar, kutilgan va aslo kutilmagan natijalar taqdim etayotgan PEPSI  Superliga-2018 yana bitta turdan so‘ng o‘z nihoyasiga yetadi. Ertaga esa, 31-tur doirasidan o‘rin olgan so‘nggi bahs bo‘lib o‘tadi.

Ayni paytga kelib, mavsumni ancha ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan “Navbahor”ning bronza medallariga ega chiqishi ma’lum bo‘lib ulgurdi. Biroq hali chempion nomi aniqlanganicha yo‘q. Mamlakatimizning yangi chempioni va vise-chempioni kim bo‘lishi esa ertaga bo‘lib o‘tadigan navbatdagi “Toshkent derbisi”da aniq bo‘lishi mumkin.

Ertaga, PEPSI  Superliga 31-tur uchrashuvlari doirasidagi markaziy to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistonning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” chempionatning oltin medallariga ega chiqish bo‘yicha rekordchi – “Paxtakor”ga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi bellashuvlar hamisha shiddatli kurashlar ostida va butun o‘zbek futboli jamoatchiligi diqqat-markazida o‘tib kelgan. Bu safargi to‘qnashuv ham avvalgilaridan hech bir jabhada aslo qolishmasligi tayin. Zero ertaga Superliga g‘olibi nomi aniqlanishi mumkin. 

Ayni paytda “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari to‘plagan ochkolari o‘rtasidagi farq 6 tani tashkil etmoqda. Agar oldinda turgan super-uchrashuvda “Lokomotiv” jamoasi g‘alaba qozonsa yoki durang o‘ynasa ham ketma-ket uchinchi yil chempionat oltin medallariga ega chiqadi. Buning uchun “temiryo‘lchilar”dan ertaga “sherlar”ga imkoniyatni boy bermaslik talab etiladi. “Paxtakor” esa chempionlik yo‘lida kurashni davom ettirishi uchun yirik hisobda g‘alaba qozonishi lozim bo‘ladi. Zero ikkala jamoaning o‘zaro o‘yinlaridagi ustunlik “Lokomotiv” jamoasi tomonidan bo‘lib turibdi. 

Har qanday holatda ham ertaga ikkala jamoa ham mavsumdagi eng muhim va qimmatli o‘yinini o‘tkazadi. Jamoalar tarkiblarida tajriba va mahoratli futbolchilar soni yetarlicha ekanini inobatga olsak, ertaga murabbiylar katta sahnaga chiqishlari ehtimol.

Ko‘ramiz, omad bu safar qaysi grand klubga nasib etar ekan. Havo harorati ayni paytda yurtimizda biroz sovuq bo‘lsa-da, ertaga maydonda “jang” olib boradigan futbolchilar stadionga keladigan tomoshabinlarni bir dam sovuq qotishlariga imkon bermasliklari tayin.  

Bahs soat 18:00 da “Lokomotiv” stadionida start oladi. Mavsumning eng muhim o‘yinini o‘tkazib yubormang!

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 23:17, 25.11.2018.
O'qildi: 5108 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.