Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

«Paxtakor» qay holatda chempion bo‘lishi mumkin?

«Paxtakor» qay holatda chempion bo‘lishi mumkin?

Baho:
+ | -

Bugun 18:00 da Toshkent titanlani — “Lokomotiv” va “Paxtakor” TTZ dahasidagi stadionda to‘qnash keladi. Katta ehtimol bilan O‘zbekiston chempionini aniqlab beradigan o‘yin.

Savollar ko‘p, qanday holatda “Paxtakor” chempion bo‘lishi mumkin deb so‘rashmoqda. Reglamentga ko‘ra, birinchi navbatda tomonlarning o‘zaro o‘yiniga e’tibor qaratiladi.

Birinchi bosqichda ular ikki marta durang o‘ynagan:

29 aprel, 2018

“Lokomotiv” — “Paxtakor” 0:0

1 avgust, 2018

“Paxtakor” — “Lokomotiv” 1:1

Mana shu holatda ustunlik “Lokomotiv” tomonida, chunki “temiryo‘lchilar” safarda to‘p kiritgan. Agar o‘zaro o‘yinlarda tenglik bo‘lsa, safarda ko‘proq gol urgan jamoaga ustunlik beriladi deb yozib qo‘yilgan.

Biroq Superliga formatiga ko‘ra, mazkur jamoa ikkinchi bosqichda yana ikki marta to‘qnash kelishi kerak (bugungi o‘yin ikkinchisi bo‘ladi).

20 oktyabr, 2018

“Paxtakor” — “Lokomotiv” 1:3

26 noyabr, 2018

“Lokomotiv” — “Paxtakor”

Mana shu holatda “Paxtakor” o‘zaro o‘yinlardagi ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirib olishi uchun bugun 3 ta gol farqi bilan zafar quchsa yetarli. Biroq bu hali chempionlik degani emas. Chunki turnir jadvalida “Loko” 6 ochkoga ilgarilab ketgan.

“Paxtakor” so‘nggi turda “Bunyodkor”ni yengishi va “Lokomotiv” Namanganda mag‘lub bo‘lishi ham kerak. Ishonamanki, “Paxtakor” bugun 3 ta gol farqi bilan zafar qucha olsa, kelasi turda “Navbahor” futbolchilari uchun bir chemodan pul taklif qiladi, “Loko”ni yutib ber deb (bu pora emas, mukofot deyiladi).

Agar bugun “Paxtakor” 1 ta gol farqi bilan yutsa, kubok shu oqshomdayoq “Lokomotiv”ga topshiriladi. “Paxtakor” 2:0 hisobida zafar quchsa ham yetarli emas. “Paxtakor” 3:1 hisobida ham zafar quchib chempion bo‘la olmaydi. Chunki yuqoridagi ikki o‘zaro durangda baribir “Lokomotiv” safarda ko‘proq gol urgani ko‘rinadi.

“Paxtakor” 4:2, 5:3, 6:4 (shu ketma-ketlikda) hisobida ustun kelsagina, ustunlikni o‘z tomoniga og‘diradi. Chunki endi “sherlar” safarda ko‘proq gol urgan bo‘lib chiqadi.

P.S. Superligada intriga o‘ldi deyayotganlarga aytishimiz kerakki, “Lokomotiv” chempion bo‘lishni istasa, ashaddiy raqibini yengishi va/yoki hech kim zafar qucha olmayotgan qo‘rqinchli Namanganda g‘olib chiqishi kerak.

Bu intriga bo‘lmay nima? Kubok kerakmi, kuchlilarga qarshi o‘yinlarni yut. Masalan “Lokomotiv” so‘nggi ikki turni “Nasaf” yoki “Qizilqum”ga qarshi o‘tkazganida, balki intriga qolmasligi mumkin edi. Hozircha esa u bor. Istalgan formatda ham o‘sha "Metallurg", "Buxoro", "Nasaf", "Qizilqum" arosatda qolishi mumkin edi. Qolgan jamoalarda esa kurashishga arziydigannarsa bor edi bu yil

Manba: Диёр Имомхўжаев телеграм канали
Kiritildi: 11:31, 26.11.2018.
O'qildi: 3584 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.