Osiyo futbol konfederasiyasi qit’ada hakamlikni rivojlantirish, xalqaro futbol uchrashuvlarida osiyolik hakamlar ishtirokini oshirish va nufuzini ko‘tarish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, bugun 26 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarida hakamlar uchun OFK seminari boshlandi. Ushbu seminarda O‘zbekistondan 11 nafar hakam ishtirok etmoqda: bosh hakamlar Sherzod Qosimov, Edita Mirobidova, Anna Sidorova, assistentlar - Andrey Sapenko, Timur Gaynullin, Sanjar Shoyusupov, Ruslan Serazetdinov, Husniddin Shodmonov, Alisher Usmonov, Kristina Sereda, Zilola Rahmatova.
Seminar davomida ishtirokchilarga futbol qoidalariga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, bahsli vaziyatlar bo‘yicha videolavhalar namoyish etilib, tahlil qilinadi.
Bundan tashqari, hakamlar jismoniy sinovlar hamda nazariy imtihonlar ham topshirishadi. Seminar 30 noyabrga qadar davom etadi.
Mbappening "Real"dan ketish ehtimoli oshdi [3694]
Ronaldu Jezush bilan mojaro haqida bayonot berdi: to‘liq tafsilotlar [3133]
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi muxlislariga va’da berdi [2999]
Kilian Mbappe uchun kurashda favorit ma’lum bo‘ldi [2483]
Jezush Ronalduning bayonotiga munosabat bildirdi [2222]
"Tottenxem" 100 million yevrolik hujumchini qaytarmoqchi [2136]
Mourinyo Luninni "Real"dan ketkazishga qaror qildi [1792]
Keyn: «Ronaldu rekordini yangilash mumkin» [1693]
Ferdinand "Oltin to‘p"ga munosib futbolchi kim ekanligini aytdi [1619]













