Londonning “Arsenal” klubi himoyachisi Loran Kosiyelni og‘ir jarohatidan keyin safga qaytdi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi “kanonirlar”ning yoshlar tarkibida 1 bo‘lim harakat qildi. Futbolchi yaqin vaqt ichida asosiy jamoa guruh mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kosiyelni may oyida tovonidan jarohat olib JCH-2018ni ham o‘tkazib yuborgandi.