Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

PFLning maxsus ishchi komissiyasi «Buxoro» va «Mash’al» stadionlarini ko‘zdan kechirdi

PFLning maxsus ishchi komissiyasi «Buxoro» va «Mash’al» stadionlarini ko‘zdan kechirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini lisenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament” ishlab chiqilgani va uning O‘FA Ijroqo‘mi byurosi tomonidan tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

Mazkur reglament futbol klublarini 2019 yilgi mavsum uchun tayyorlab boradi. Hali yangi mavsum oldidan lisenziyalash jarayoni boshlanmagan bo‘lsa-da, ayni paytda Superliga va Pro ligada ishtirok etuvchi klublarga lisenziyalash talablari haqida atroflicha ma’lumot berish, ulardan ushbu jarayonni muvaffaqiyatli yakunlash, kelasi mavsumda Superliga yoki Pro ligada ishtirok etish uchun qo‘yiladigan talablar borasida to‘liq axborot berish ishlari boshlab yuborildi.

Yangi mavsum oldidan klublar oldiga qo‘yiladigan talablar ichida eng muhimlaridan biri – yaxshi stadion infratuzilmasiga va yaxshi holatdagi maydonga ega bo‘lish sanaladi.

Shu sababdan bu safar Buxoro va Muborakda bo‘lgan PFLning maxsus ishchi komissiyasi “Buxoro” va “Mash’al” klublari qarorgohini va ushbu jamoalar uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadionlarning ayni paytdagi holatini ko‘zdan kechirdi. “Buxoro” sport majmuasida maydon chimi holatini yaxshilash, maysani parvarish qilish borasidagi kerakli tavsiyalar ushbu soha bo‘yicha mutaxassis tomonidan berildi. Shuningdek, mazkur stadiondagi o‘rindiqlar holati ham biroz talab darajasida emas ekani e’tirof etilib, kelasi mavsum oldidan tribunalar holatini ham yaxshilash lozimligi ta’kidlandi.

“Mash’al” jamoasi uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Bahrom Vafoyev nomidagi stadion”da ham maydon holatini yaxshilash, maysani parvarish qilish bo‘yicha amalga oshirlishi lozim bo‘lgan ishlar mavjud ekani ma’lum bo‘ldi. Soha bo‘yicha mutaxassis qish mavsumida maysa parvarishi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Qolaversa, “Mash’al” jamoasi stadion yoritish tizimi (ayni paytda 1100 lyuks) ni yaxshilashi zarur ekani qayd etildi.  

Ushbu klublar maxsus ishchi komissiya tavsiyalariga ko‘ra qishdagi mavsumlar oralig‘ida mavjud kamchiliklarni bartaraf etishi lozim bo‘ladi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 17:55, 28.11.2018.
O'qildi: 2544 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик