Angliyaning “Manchester Yunayted” hujumchisi Romelu Lukaku jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo haqida gapirdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
“Ha, men Mourinyoning yoqtirgan futbolchilaridan biriman. Men u uchun barchasiga tayyorligimni Mourinyo yaxshi biladi.
Mourinyo – dangal gapiradigan murabbiy, u doim nimadandir qoniqmasa dangal gapiradi. U doim birinchi bo‘lishni xohlaydi, ikkinchi bo‘lish unga yoqmaydi”, - deydi Lukaku