Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

YECHL. «V» guruhi. «Barselona» 1-o‘rinni naqd qildi, «Tottenxem» «Inter»ni mag‘lub etdi

YECHL. «V» guruhi. «Barselona» 1-o‘rinni naqd qildi, «Tottenxem» «Inter»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining 5-turidan "Barselona" klubi guruhda 1-o‘rin masalasini hal qilib qo‘ydi. Kataloniyaliklar safarda "PSV"ga qarshi bahs olib borishdi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda mehmonlar g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishdi. Dastlab Messining zarbasini gollandiyaliklar posboni qaytara olmagan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmasdan Leo amalga oshirgan jarima zarbasini Pike raqib darvozasi tomon burib yubordi. O‘yin tugashiga 8 daqiqa qolganida de Yong hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Barsa" o‘z ochkolarini 13taga yetkazib, 1-o‘rinni naqd qilib qo‘ydi.

Angliyaning "Tottenxem" va Italiyaning "Inter" jamoalari pley-off bosqichiga berilgan ikkinchi yo‘llanma uchun kurash olib borishdi. Bu o‘yinda "neradzurri"ni durang natija ham qanoatlantirar edi. Ammo o‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Kristian Eriksen mehmonlar darvozasini ishg‘ol qilib, "shporlar"ga g‘alaba keltirdi.

Natijada bu ikki jamoaning ochkolari tenglashdi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha "Tottenxem" 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Inglizlar so‘nggi turda "Barselona" mehmoni bo‘lsa, "Inter" o‘z uyida "PSV"ni qabul qiladi.

Yevropa chempionlar ligasi, "V" guruhi, 5-tur
PSV Gollandiya – Barselona Ispaniya 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 61 Messi, 0:2 – 70 Pike, 1:2 – 82 de Yong.
PSV – Zut, Shvaab, Tasende, Dumfris, Virgever, Pereyro (Malen, 71), Xendriks (Gutyerres, 71), Losano, Rosario, Bergveyn (Romero, 79), de Yong.
Barselona – ter Shtegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Vidal, Buskets, Koutinyo (Malkom, 69), Rakitich, Dembele (Denis Suares, 80), Messi.
Ogohlantirishlar: Xendriks (25), Gutyerres (83), de Yong (83), Alba (86), Pike (90).
 
Tottenxem Angliya – Inter Italiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 80 Eriksen.
Tottenxem – Lyoris, Alderveyreld, Devis, OrYE, Vertongen, Uinks (Dayer, 87), Sissoko, Lamela (Eriksen, 70), Lukas Moura (Son Xin Min, 62), Alli, Keyn.
Inter – Xandanovich, de Vrey (Miranda, 82), Asamoa, D`Ambrozio, Shkrinyar, Nainggolan (Valero, 44), Brozovich, Perishich, Vesino, Politano (Keyta Balde, 83), Ikardi.
Ogohlantirishlar: Alderveyreld (28), Lamela (45), de Vrey (70), Son Xin Min (73), Valero (81).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:13, 29.11.2018.
O'qildi: 4246 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик