Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Navbahor» – «Lokomotiv». Bugundan chiptalar sotuvga chiqdi

«Navbahor» – «Lokomotiv». Bugundan chiptalar sotuvga chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Pepsi Superliga 32-turi doirasida Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida Toshkentning “Lokomotiv”  jamoasini qabul qiladi. Mazkur o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar bugundan sotuvga chiqdi.  

Sevimli jamoamiz ishqibozlari 4, 5, 6, 7, 8, 9, 14, 15, 16, 17, 18 va

19-sektorlar uchun 15 ming,  2, 3, 10, 11, 12, 13, 20 hamda 21-sektorlar uchun

20 ming so‘mdan chipta xarid qilishlari mumkin.

“Navbahor”–“Lokomotiv” klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin viloyatimizning taniqli xonandalari tomoshabinlarga o‘zlarining dilrabo kuy-qo‘shiqlari bilan zavq ulashishadi.

Mazkur o‘yin joriy mavsumning so‘nggi bahsi bo‘lishdan tashqari, “temiryo‘lchilar” Namanganga chempion sifatida tashrif buyurishsa, “lochinlar” bronza medali sohibi sifatida maydonga tushishadi.

Shunday ekan, “Lokomotiv” bejizga oltin medalni qo‘lga kiritmaganligini isbotlashga urinsa, “Navbahor” Namangandagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirishga harakat qilib, joriy mavsumni ijobiy tarzda yakunlashga intiladi.

Bo‘lajak uchrashuv mazkur omillar sababli ham ancha ahamiyatli.           

Chiptalar bugundan boshlab, Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingoh, “Sardoba” bozori, shuningdek, “Isparxon” Supermarketi hududlarida sotilmoqda. Chiptalar miqdori cheklangan. Ularni tezroq xarid qilishga shoshiling!

“Navbahor” – “Lokomotiv” o‘yini 30 noyabr kuni soat 16:00 da start oladi.  

Joriy  mavsumning so‘nggi bahsiga tashrif buyuring  va sevimli jamoangiz -  “Navbahor”ni qo‘llab-quvvatlang hamda g‘alabasiga madadkor bo‘ling,  aziz futbol muxlislari!

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:52, 29.11.2018.
O'qildi: 2272 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.