Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

O‘z mamlakati bayrog‘i-ni yirtgan «Chelsi» futbolchisi!

O‘z mamlakati bayrog‘i-ni yirtgan «Chelsi» futbolchisi!

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasiga chaqirilgan braziliyalik futbolchi butsasidan o‘z mamlakati bayrog‘i-ni yirtib tashladi. Juda xunuk holat.

Boz ustiga, Italiya milliy jamoasi kiyinish xonasida kuzatilgan bu bema’nilik videoyozuvi ijtimoiy tarmoqlarga ham chiqib ketdi. Unda himoyachi Emerson Palmiyerining butsasidan Braziliya bayrog‘ini qanday uzib olgani yaqqol ko‘ringan... Quyidagi maqola shu haqda...

Emerson - braziliyalik yigit. U Janubiy Amerika mamlakatida tug‘ilgan, 21 yoshiga qadar shu yurtda yashagan, futbolchilik faoliyatini mahalliy «Santos» klubida boshlagan. 2017 yilga kelib, Emerson ijara kelishuvi asosida Italiyaning «Palermo» klubi safiga qo‘shildi. E’tiborlisi, braziliyalik yigit Apennin yarim orolidagi ilk intervyularidan biridayoq fuqaroligini almashtirib, qachondir italyanlar milliy jamoasi libosini kiyishga qarshi emasligini bildirdi. Aytish joiz, Palmiyeri vaqtida Braziliya o‘smirlar termasi (U-17) safida o‘ynagan, ammo uni kattalar jamoasiga biror marta chaqirishmagan. Yana bir jihati, FIFA Emersonning ona tomondan qarindoshlari italyan ekanliklarini inobatga olgan. Xullas, futbolchi o‘tgan yili Italiya fuqaroligini qabul qilgach, xalqaro uyushma uning «Moviy gvardiya» uchun o‘ynashiga ruxsat berdi. O‘z navbatida, yangi bosh murabbiy - Roberto Manchini himoyachini yig‘inlarga jalb eta boshladi.

Emerson ayni payt «Chelsi» safida - bu futbolchi hayotidagi yana bir ahmoqona qaror. Gap shundaki, Palmiyeri «Roma»da yetakchilardan biri edi, ammo yanvar oyi boshida negadir «bo‘rilar» bilan xayrlashib, Antonio Konte yoniga oshiqdi. «Chelsi»ning sobiq ustozi Emersonni Londonga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirgan bo‘lsada, uning xizmatlariga ehtiyoj sezmadi. Palmiyerining jonajon pozisiyasi - himoyaning chap qanoti. Biroq «Chelsi»da ushbu joy barqaror to‘p surayotgan Markos Alonsoga tegishli. Qisqasi, Emersonning ispaniyalik ampluadoshi bilan raqobatda ustun kelolmasligi oldindan tayin edi. Mana, yangi murabbiy - Maurisio Sarri ham APL bahslarida himoyaning chap tomonida aynan Alonsoga ishonch bildirmoqda. Emerson esa kubok o‘yinlarida maydonga tushish bilan cheklanmoqda. Har holda, mahalliylashtirilgan «italiyalik» joriy mavsum «aristokratlar» tarkibida atigi 5ta o‘yinni to‘liq o‘tkazdi (Evropa Ligasida 3 va Liga kubogida 2 marta maydonga tushdi). Shunga qaramay, Roberto Manchini uni yana terma jamoaga chaqirdi. To‘g‘ri, Palmiyeri Portugaliya termasiga qarshi kechgan rasmiy o‘yin (0:0)da maydonga tushgani yo‘q. Lekin «Chelsi» zaxirasida qolayotgan futbolchining yig‘inga jalb etilgani g‘alati, baribir. Vaholanki, boshqa munosibroq nomzodlar ham bor. Deylik, «Jenoa» vakili Domeniko Krishito joriy mavsum «A» seriyasidagi barcha o‘yinlarda faol to‘p surmoqda.

Darvoqe...

Eng qizig‘i, rolikni Italiya milliy jamoasida o‘ynayotgan yana bir braziliyalik - Jorjinyo suratga olgani ma’lum bo‘ldi. To‘g‘ri, uning tarixi ancha sodda: «Chelsi» vakili Braziliyada faqat bolalar miqyosida to‘p surgan. 2007 yili Jorjinyolar oilasi pul jamg‘arib, Italiyaga ko‘chib o‘tgan. Otasining qarindoshlari davrasida yashagan Jorjinyo avvaliga «Verona» tizimida shug‘ullanib, tajriba oshirdi, keyin «Napoli» safiga qo‘shildi. Umuman, uning Italiya pasportini olishida hech qanday muammo tug‘ilgan emasdi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:57, 30.11.2018.
O'qildi: 8789 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.