Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ulug‘bek Baqoyev «Buxoro»ni tark etadi

Ulug‘bek Baqoyev «Buxoro»ni tark etadi

Baho:
+ | -

Metallurg – Buxoro jamoalari uchrashuvidan keyin har ikkala jamoa murabbiylari o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. Dastavval Buxoro jamoasi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyevning fikrlari bilan qiziqdik:

- Bugun juda qiziqarli o‘yinning shohidi bo‘ldik. Har ikkala jamoa yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Afsuski biz vaziyatlardan foydalana olmadik. Metallurgni g‘alaba bilan tabriklayman. Futbolchilarimga esa bugungi mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

Keyingi mavsum juda mas’uliyatli. Terma jamoamiz Osiyo kubogida qatnashadi. Ularga omad,  muxlislarimizga esa hayajonli lahzalarni tilayman.

Bevosita mavsum haqida gapiradigan bo‘lsam u ikkiyoqlama taasssurot qoldirdi. Jamoamizda ko‘tarilishlar ham,  pasayishlar ham kuzatildi.Eng asosiysi kuchlilar qatoridan joy egalladik.

Mana bugungi o‘yin bilan 2018 yilgi chempionat yakuniga yetdi. Men uchun murabbiy sifatida ikkinchi mavsum bo‘ldi. Jamoam bilan bu yil ham o‘tgan yildagi kabi 6-o‘rinni egalladik. Bu yilgi chempionat o‘ziga yarasha qiziq va shiddatli o‘tdi deyish mumkin.

Mavsum davomida bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga, rahbariyatga hamda futbolchilarimga va klub xodimlariga tashshakur deyman. O‘zimga kelsak, murabbiylik sohasida yana ko‘proq izlanishim o‘qishim kerak deb hisoblayman. Shu sababli bugun jamoa bosh murabbiyligidan bo‘shash arizasini yozishga qaror qildim. Bu qarorga kelishim juda og‘ir bo‘ldi. Men o‘z yurtimni, o‘z shahrimni va futbolda o‘tgan yillarimda men bilan birga bo‘lgan barchani yaxshi ko‘raman.

Meni futbolchi bo‘lib yetishishimda Buxoroning o‘rni katta. Shu yerda ulg‘aydim, futbol sabab boshqa yurtlarda ham to‘p tepdim. Orzu qilardimki, bir kun kelib shu jamoada murabbiy bo‘lishni. Mana orzularim amalga oshib ikki yil jamoani boshqardim. Shu ikki yilda Buxoro uchun yurakdan mehnat qildik.

Jamoa har ikki mavsumda chempionat yetakchilariga qarshi munosib raqobat ko‘rsata oldi. Bugungi qarorimni barcha to‘g‘ri tushunadi degan, umiddaman. Buxoro hamisha mani qalbimda yashaydi. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman”, - deydi Ulug‘bek Baqoyev.

Manba: www.metallurg.uz
Kiritildi: 19:56, 30.11.2018.
O'qildi: 4224 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.