Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Akbar Ismatullayev: «Ortda qolgan 2018 yilgi mavsum esda qolarli tarzda o‘tdi»

Akbar Ismatullayev: «Ortda qolgan 2018 yilgi mavsum esda qolarli tarzda o‘tdi»

Baho:
+ | -

PEPSI  Superliga-2018 o‘z nihoyasiga yetdi. Butkul o‘zgacha tartibda o‘tkazilgan milliy chempionatimizning 2018 yilgi mavsumi siz-u bizga bir qancha shiddatli uchrashuvlar, kutilmagan natijalarni taqdim etdi.

Bekobodning “Metallurg” jamoasi 2018 yilni ancha ko‘tarinki ruhda o‘tkazdi. Bekobodliklar Superliganing eng yetakchi jamoalari uchun har vaqt “bosh og‘rig‘i" bo‘la olishdi. Yakunda jamoa 5-o‘rinni band etdi. Bunda jamoa yetakchilaridan biri Akbar Ismatullayevning xissasi beqiyos bo‘lganini alohida qayd etish joiz.

Mahoratli futbolchi PFL rasmiy saytiga mavsum taassurotlari bilan bo‘lishdi.

- 2018 yilgi futbol mavsumi ancha yodda qolarli bo‘ldi, desam adashmayman. Milliy chempionatimiz butkul yangicha formatda tashkil etildi. Jamoalarning 6 tadan 2 ta guruhga ajratilishi sabab chempionat startidanoq o‘yinlar ancha shiddatli va murosasiz kechganini ta’kidlay olaman. Jamoalar bu yil har bir ochko uchun chindan jiddiy kurash olib borishdi.

Yana bir jihatni alohida qayd etgan bo‘lardim, ortda qolgan mavsumda chempionatimiz tashkilotchilik jihatidan ancha o‘sdi. Kelasi yili mana shu o‘sishni davom ettirish kerak, deb o‘ylayman. Tashkil etilgan oilaviy sektorlar, o‘yin oldidan har xil konsert dasturlarining uyushtirilgani muxlislarni stadionga kelishga chorlay oldi. Natijada muxlislar stadionga ko‘proq kela boshladi va bu o‘yinchilarning kayfiyati va ruhiyatiga ijobiy ta’sir o‘tkazdi. Zero o‘yinchi ham muxlis to‘la stadionda o‘zgacha zavq bilan to‘p suradi.

Kelasi yilda mana shunday yaxshi amaliyotlarni davom ettirish kerak. Yana o‘yinlar translyasiyasi masalasi ham bu yil ancha “jonlandi”. Uyda ota-onalarimiz ham o‘yinlarimizni jonli tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishdi. Mana shunday yangiliklar 2018 yilda kam bo‘lmadi. Ularni 2019 yilda yanada ko‘paytirish lozim.

Umuman olganda, ortda qolgan 2018 yilgi mavsum juda esda qolarli tarzda o‘tdi. “Metallurg” jamoasi deyarli 90 foizga yangilandi. Murabbiylarimiz yaxshi jamoa shakllantirishga urinishdi. Natijada mavsumni kuchlilar safida 5-o‘rinda yakunladik. Qayd etgan natijamizdan mamnunman. O‘zim ham imkon qadar jamoam muvaffaqiyatiga xissa qo‘shishga urindim. O‘yinimga bahoni muxlis va murabbiylar bergani ma’qul. Men esa hamisha yaxshi formada bo‘lish uchun intilishda davom etaveraman, - dedi mahoratli futbolchi.  

“Metallurg” jamoasi matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:14, 06.12.2018.
O'qildi: 1788 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.