Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Vitaliy Denisov Osiyo kubogida ishtirok etmaydigan bo‘ldi

Vitaliy Denisov Osiyo kubogida ishtirok etmaydigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Rossiyaning “Krilya Sovetov“ klubi himoyachisi Vitaliy Denisovni Osiyo kubogi oldidan 6 dekabr kuni e’lon qilingan kengaytirilgan ro‘yxatga kiritmadi.

Ektor Kuper 15-29 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘inga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilgan. Osiyo kubogi oldidan so‘nggi tayyorgarlik vazifasini o‘taydigan mazkur yig‘inga 27 nafar futbolchi jalb qilingan. Ular orasida uzoq yillardan buyon O‘zbekiston terma jamoasining asosiy futbolchisi bo‘lib kelayotgan Vitaliy Denisov o‘rin olmagan. Bundan tashqari, darvozabon Eldorbek Suyunov ham tarkibda yo‘q.

Ektor Kuper 6 dekabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘zi uchun futbolchilarni tanlab olganini aytgan, ammo Denisovning tarkibdan tushib qolganiga izoh bermagan.

Terma jamoa shifokori Abror Pirriyevning Turon24ga aytishicha, Suyunov qo‘lidan olgan jarohati sabab, yig‘inda ishtirok eta olmaydi. Uning Osiyo kubogiga qadar tuzalishi aytilmoqda. Ammo yakuniy tarkibga kiritilishi so‘roq ostida qolmoqda.

Manba: Turon24
Kiritildi: 13:51, 07.12.2018.
O'qildi: 13679 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик