Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

APL. «Chelsi» «Manchester Siti»ga mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni «tortiq» qildi

APL. «Chelsi» «Manchester Siti»ga mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni «tortiq» qildi

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasining 16-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv yakuniga yetdi. Mavsumni mag‘lubiyatsiz o‘tkazayotgan "Manchester Siti" klubi Londonda "Chelsi" mehmoni bo‘lib, imkoniyatni boy berdi.

Muxlislar 90 daqiqa davomida Sarri va Gvardiolaning taktik o‘yiniga guvoh bo‘lishdi. "Shaharliklar" to‘pni nazorat qilishgani bilan vaziyatni keskinlashtirishga ko‘p ham shoshilishmadi. Biroq o‘yinning 32 va 33-daqiqalarida mehmonlar ikkita qulay imkoniyatni yuzaga keltirishdi. Har safar Aspilikueta Leroy Sanening qulay vaziyatdan yo‘llagan zarbalariga yo‘liga g‘ov bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Birinchi bo‘lim tugash arafasida mezbonlar o‘zlarining o‘yindagi ilk xavfli vaziyatlarini yaratishdi va hisobni ochishdi. Azar ikki himoyachi orasidan aniq uzatma bilan Kanteni zarbavor vaziyatga chiqardi. Ngoloning kuchli zarbasini Ederson qaytara olmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida har ikkala jamoa bir martadan xavfli jarima zarbasini amalga oshirishdi. Villian va Uokerning zarbalarini darvozabonlar qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘yin tugashiga 12 daqiqa qolganida "Chelsi" futbolchilari ilk burchak to‘pini qo‘lga kiritishdi va undan samarali foydalanishdi. Azar tomonidan yetkazilgan uzatmani David Luiz bosh bilan olis yuqori burchakka joylab qo‘ydi.

Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Gabriyel Jezus hisobni qisqartirishi mumkin edi. Uning 16 metrlardan yo‘llagan zarbasini Kepa Arrisabalaga ajoyib seyv bilan qaytarib qoldi.

Shunday qilib, "Manchester Siti" mavsumda birinchi marta mag‘lubiyatga uchradi hamda APL jadvalida 2-o‘ringa tushib qoldi.

APL, 16-tur
Chelsi – Manchester Siti 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 45 Kante, 2:0 – 78 David Luiz.
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Azar (Jiru, 90), Kante, Pedro, Kovachich (Barkli, 65), Villian (Loftus-CHik, 75), Jorjinyo.
Manchester Siti – Ederson, Laport, Stounz, Uoker, Delf, Marez (Foden, 84), Bernardu Silva, Sterling, Silva (Gyundogan, 68), Sane (Gabriel Jezus, 53), Fernandinyo.
Ogohlantirishlar: Jorjinyo (63), Pedro (80).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:29, 09.12.2018.
O'qildi: 8802 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.