Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

APL grandlari haqida qisqacha izohlar...

APL grandlari haqida qisqacha izohlar...

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 16-turi doirasida kecha barcha top-klublar o‘z o‘yinlarini o‘tkazishdi. Ular ishtirokidagi o‘yinlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Sarri-Gvardiola dueli haqida
Kecha tunda Angliya poytaxti Londonda aql bovarqilmas taktik jang bo‘lib o‘tdi. Darhaqiqat, u futboldan ko‘ra ko‘proq strategik jangni eslatib yubordi. To‘g‘ri, muxlislar chiroyli, sifatli, APLga xos o‘yin guvohi bo‘lishdi. Ammo strategik jang o‘yinni yanada bezab berdi. Keling, hammasiga qisqacha to‘xtalsak. Gvardioala maydonga shogirdlarini o‘zining taktik uslubida tashladi. «Manchester Siti» o‘yin boshida o‘z odatlariga sodiq qolgan holda tezkor golga urinib ko‘rishdi. O‘yin boshida "shaharliklar"da imkoniyatlar paydo bo‘la boshladi. Sarri darhol himoyachilarga yaqinroq o‘ynash kerkligini ko‘rsatdi. Asta-sekinlik bilan "Siti"da xavfli vaziyatlar soni kamaya boshladi. Birinchi taym o‘rtalarida qanotdan Sterling, Sane uyushtirayotgan hujumlarini «Chelsi» futbolchilari ikki, hatto uch kishi bo‘lib to‘xtata boshlashdi. O‘yin sekinlik bilan "Manchester Siti"ning qo‘lidan chiqa boshladi. Taym so‘ngida esa ko‘rganingizdek Azar o‘z ishini qildi. Kante chiroyli zarba bilan hisobni ochdi.  «Chelsi» ikkinchi bo‘limga yanada «motivasiya»ga to‘lib maydonga chiqdi va himoyada deyarli bexato o‘ynadi. «Siti» esa o‘z uslubidan voz kechmadi. Londonliklar standard vaziyatdan hisobni 2:0 ga yetkazgach, raqib jamoa o‘yinni tashlab yubordi. "Chelsi" esa butun jamoa bo‘lib himoyalanishni boshladi. Oldinda esa faqat Azar qoldi. U bir o‘zi "Chelsi" uchun ancha-muncha vaqt yutib bera oldi. Qisqacha qilib aytganda, Sarri aynan "Siti" uchun tuzgan taktikasi orqali Gvardiolani to‘xtatib qola oldi.

Emerining "Arsenal"i
To‘pchilar 16-turda ancha qiyin o‘yin o‘tkazishdi. "Haddersfild" ularga yetarlicha bosh og‘riq bo‘la oldi. Lekin, quvonarlisi shundaki, "Arsenal" yana o‘zining qanday jamoa ekanligini eslab bormoqda. Jamoa ketma-ket ikkita «katta» o‘yinlardan so‘ng "Haddersfild"ni biroz mensimaganday tuyulgandi. Biroq raqiblar o‘zlarini hurmat qilishlarini talab qildilar. "Kanonirlar" katta qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, o‘yinni o‘z foydasiga hal qila oldi. Emeri yana ikkinchi bo‘limni taktik yurish bilan boshlab, bir yo‘la ikki futbolchini almashtirdi. Unay Emeri Venger davridan so‘ng futbolchilarga yangi  "qon quyishi", yangi zamon futbolini olib kirishi kerak edi.  Chamamda u buni uddalayapti.

"Manchester Yunayted"
Ooo! «Janob benazir» tanqidlar bo‘ronida qolib ketmoqda. Uning o‘yinlarini hozirda eskirgan uslub deya atashmoqda. Hatto unga «xo‘rlangan» deya laqab ham qo‘yib olishdi. Lekin Joze sovuqqonlik bilan ishlashda davom etmoqda. 16–tur doirasida jamoa "Fulhem"ni qabul qildi va "mehmondo‘stlik" ko‘rsatib o‘tirmadi. Eshli Yang, Xuan Mata, Lukaku, Rashford kabi futbolchilar yig‘ilib qolgan alamlarini bir marotabadan sochib olishdi. Bunga esa mehmonlar kamtarin va kamsuqum uyalinqirab bir marotaba javob qaytardi. "Yunayted"ning ichki muhiti havas qilsa arzigulik deb bo‘lmaydi. Jamoadan ketishni xohlayotganlar ko‘payib qolgan. Lekin rahbariyat YECHLdagi pley-off sababli ham Mourga oxirgacha imkoniyat berishmoqchi.

«Tottenhem». Pochettino o‘z «ritmi»ga tushib oldi
Maurisio Pochettino haqiqiy tejamkor murabbiy desak adashmaymiz. U bir necha mavsumdan beri superyulduzlarsiz ham superjamoa tuzish mumkinligini isbotlab kelmoqda. Lekin g‘oliblik uchun ularga har safar nimadir yetishmay qolmoqda. Ko‘pchilik buni jamoaning transfer siyosati bilan bog‘laydi. Balki shundaydir. 16-tur doirasida mehmon bo‘lgan «shporlar» mehmondo‘st "Lester"ni 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yin to‘liq mehmonlar nazoratida bo‘ldi va ular haqli g‘alaba qozonishdi.

Klopp, "Liverpul", YECHL
Ha 16-tur doirasida eng "ekonom-futbol" ko‘rsatgan kuchli oltilik vakillaridan faqat "Liverpul" bo‘ldi. Hisob bundan dalolat bermasa ham. "Liverpul" YECHL guruh bosqichidan o‘tishi uchun navbatdagi o‘yinda "Napoli"ni qabul qilishi kerak edi. Shu sabab mirsisaydliklar kuchni tejab o‘ynashdi. Lekin "Bormunt"ning o‘zi "Liverpul"ga biroz qarashib yuborgisi keldi shekilli, hisob yiriklashib ketdi. Ha aytgancha, o‘tkazilgan 16-turdan so‘ng APLda yutkazmagan birgina jamoa qoldi. U ham bo‘lsa Kloppning "Liverpul"i.

 Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Ҳисобларга ортиқча эътибор қаратмадик. Чунки турдаги ҳамма натижалар сайтимизда давомий бериб борилади.

Kiritildi: 09:54, 09.12.2018.
O'qildi: 6728 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.