Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Emil Xeski: «Lester» bo‘lmaganida, Xeski ham bo‘lmasdi»

Emil Xeski: «Lester» bo‘lmaganida, Xeski ham bo‘lmasdi»

Baho:
+ | -

Ayni payt Xeski 40 yoshda. Uning to‘rt nafar farzandi bor. Katta o‘g‘illari Rigan va Jeydenning harakatlari «Manchester Siti» skautlarini qiziqtirib qo‘ygan. Kichik o‘g‘li Mendes esa 2017 yilda tug‘ilgan. «Liverpul» klubi va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi yaqinda 4-4-2 nash-riga intervyu berdi. Quyida ana shu suhbatni o‘qishingiz mumkin.

— Debyutingiz «Lester»ning «KPR»ga qarshi uchrashuvida yuz bergan. O‘shanda 17 yoshda bo‘lgansiz. Bunchalik erta debyut qilishingiz sababi nimada?

— Asosiy tarkib bilan yuradigan yigitcha edim. Shuningdek, asosiy futbolchilar bilan birga mashg‘ulot o‘tkazardik. O‘shanda ayrim jamoadoshlarim betob bo‘lib qolishgandi. Men esa yagona variant edim. Kiyinish xonasiga yig‘ilgunimizcha, bosh murabbiy Mark Makgi hech nima demagan. U tarkibni devorga ilib qo‘yganida, «Mening nomim bor ekan» deb qichqirib yuborganman. O‘sha o‘yinni yaxshi o‘tkazolmaganman.

— «Bruno» laqabini qanday olgansiz?

— Buni fanatlar o‘ylab topishgan. Gavdali yigit edim. 17-18 yoshimda vaznim 88 kilo bo‘lgan. Lekin shunga qaramay tez yugurardim.

— «Liverpul»ga o‘tishingizdan oldin boshqa variantlar bo‘lganmi?

— 16 yoshligimda «Blekbern» qiziqish bildirgan. Lekin o‘shanda boshqa jamoaga o‘tishni istamaganman. Chunki «Lester»da o‘ynashimni bilardim. Shuningdek, 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevro-96da qatnashganman. Maykl Ouen bilan juftlik hosil qilganmiz. Fransiya termasi safida Vilyam Gallas, Mikael Silvestr, Tyerri Anri, Nikolya Anelka kabi futbolchilar bo‘lgan. Yakunda aynan ular zafar quchishgan. O‘shanda Fransiya yoshlar termasini Jerar Ulye boshqarardi. U esa meni ko‘z ostiga olib qo‘ygan ekan. «Liverpul»ga muxlislik qilardim. Shunga bo‘lsa kerak, takliflariga ikkilanmay javob berganman. «Les-ter»ga to‘qqiz yoshimda borganman va 17ga to‘lganimda asosiy tarkibda o‘ynaganman. Boshqa hech nimani eslamayman. «Liverpul»da esa hammasi boshqacha bo‘lgan. Siz nima qilishingiz kerakligini har kuni, har soniyada bilib turardingiz.

— Maykl Ouen bilan birga o‘ynash imkoniyati tug‘ilgani uchun ham «Liverpul»ni tanlaganmisiz?

— Ajoyib damlar. U bilan yoshlar terma jamoasida boshlaganmiz. Bir-birimizni juda yaxshi tushunardik. Birga o‘ynashimizdan ikkimiz ham xursand bo‘lganmiz.

— Gollar borasidagi statistikangiz jurnalistlarning asosiy quroli bo‘lgan. Tanqidlarga qanday munosabat bildirardingiz?

— O‘zimni hech qachon to‘purar, deb hisoblamaganman. Lekin jamoa uchun nima bera olishimni yaxshi bilardim. Vaziyatlar yaratardim, to‘pni ushlab turardim va o‘z vazifamni bajarardim. Boshqalar men bilan birga o‘ynashni istashardi. Yaxshi gapni ham, yomon gapni ham to‘g‘ri qabul qilishni bilish kerak. Biroq oxiriga borib tanqidlar jonimga tegib ketgandi. Men haqimda faqat yomon fikrda bo‘lishardi.

— «Liverpul»dagi debyut mavsumingizda uchta sovrinni qo‘lga kiritgansiz. Eng yoqimlisi qaysi?

— Angliya kubogi bo‘lsa kerak. Bolaligimda bu eng afsonaviy sovrin bo‘lgan. To‘g‘ri, o‘shanda «Arsenal»ni mag‘lub etishga xaqli emasdik. Lekin bunday imkoniyatni qo‘ldan boy berib bo‘lmasdi. Qizig‘i, 2001 yilgi UYEFA kubogi finalini qiyinchilik bilan eslayman. Vaholanki, o‘yin ancha qiziqarli kechgan va 5:4 hisobi qayd etilgan. Mavsum davomida juda ko‘p o‘yin o‘tkazganim uchun xuddi avtopilotga tushib qolgandek edim. Gollarni eslayman, shu xolos.

— 2002 yili «Lester»ni saqlab qolish uchun 100 ming funt sterling miqdorida xayriya qilgansiz. Buning uchun muxlislar bir umr sizdan minnatdorlar. Nima uchun klubga yordam bergansiz?

— «Lester» bo‘lmaganida, Emil Xeski ham bo‘lmasdi. Men shunday deb o‘ylaganman va jamoaga yordam berishni xohlaganman. Gari Lineker shu ishni boshlaganida, «Nima uchun yordam bermayman?» deb o‘ylaganman.

— 2004 yili «Liverpul»dan «Birmingem»ga o‘tishingizga nima sabab bo‘lgan?

— Yana bir yillik shartnomam bor edi. Lekin o‘sha paytdagi bosh direktor Rik Perri «Oser»dan Jibril Sisse kelayotganini aytdi. Men esa kurashga tayyorligimni ma’lum qildim. Shunda u: «Yo‘q, Sisse o‘ynaydi», dedi. Xullas, boshqa choram qolmagan. Shu tariqa «Birmingem» taklifini qabul qilganman.

— «Aston Villa»ga O~Nil tufayli o‘tganmisiz? «Birmingem» muxlislarini ranjitishdan cho‘chimaganmisiz?

— Martin meni «Seltik»da ham ko‘rmoqchi bo‘lgan. Keyin «Villa»ga chaqirgan. Hech kimni xafa qilmoqchi emasdim. «Aston Villa»ga o‘tganimdan keyin ham «Birmingem» muxlislari yaxshi munosabatda bo‘lishgan.

— Hujumdagi eng yoqtirgan sherigingiz kim?

— Maykl Ouen. Shuningdek, «Liverpul»da Nikolya Anelka bilan o‘ynash ham yoqardi.

— Aytishlaricha, 2007 yili Ouenning iltimosiga ko‘ra, Stiv Maklaren sizni terma jamoaga qaytargan ekan. Shu rostmi?

— Bunday deb o‘ylamayman. Menga qo‘ng‘iroq qilishgan. Raqamni tanimaganim uchun telefonni dastlab ko‘tarmaganman. Keyin olganimda, «Bu Stiv» dedi. Men esa «Qaysi Stiv?» deb javob qaytardim. U esa «Stiv Maklaren» dedi. Shunda Maklaren Maykl bilan gaplashgani va meni termaga qaytarsa yaxshi bo‘lishini aytgandi

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 20:25, 09.12.2018.
O'qildi: 7439 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.