Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Futzalchilarimizni sensasion mag‘lubiyati sensasiya emas!

Futzalchilarimizni sensasion mag‘lubiyati sensasiya emas!

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston U-20 termasining Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagani turli xil fikrlarga sabab bo‘ldi...

Taniqli o‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev «Telegram»dagi kanalida Osiyo chempionati saralashida omadsizlikka uchragan O‘zbekiston U-20 futzal terma jamoasi haqida fikr bildirdi.

- Futzal bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining muvaffaqiyatsizligi sensasiya bo‘lmadi. Aslida, hammasi shunga qarab ketayotgandi va saralash bosqichining 1-turida Qirg‘iziston ustidan qozonilgan g‘alaba mutaxassislarni biroz chalg‘itdi.

Vaholanki, futzal bir yildan beri hech kimga kerak bo‘lmay qolgan. Agar eslasangiz, «mutaxassislar» hatto yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralashi uchun qaydnomani vaqtida topshira olishmagandi. OFK birinchi qur’ani O‘zbekistonsiz o‘tkazdi. Ushbu saralashga mezbon topolmagan tashkilot mamlakatimizga murojaat qilishiga to‘g‘ri keldi. Aynan shu tufayli muammolar ko‘rinib qoldi. Muvaffaqiyatsizlik uchun ilk qadam bir yil oldin, futzal assosiasiyasi tugatilganda qo‘yilgan. Eslatib qo‘yay, o‘sha assosiasiya ham tanqid qilingan.

Professionalizm yo‘qligi, O‘FF rahbariyatida qarindoshlar yig‘ilgani... Hammasi haqiqat edi. Klublar o‘yinni rivojlantirish uchun rahbariyat bilan kurashishgan. Ammo bu urinishlar foyda bermagan. Natijada chempionat o‘yinlari eski uslubda o‘tavergan: hamma jamoalar bir shaharda yig‘ilib, dam olish kunisiz 5-6ta o‘yin o‘tkazishgan. Boz ustiga, ilk o‘yinlar tonggi soat 9da boshlangan, tribunalar esa bo‘sh bo‘lardi.

Biroq assosiasiya nomiga bo‘lgan tanqidlar uning yopilishiga qaratilmagandi - tashkilotni qaytadan ochish uchun 2000 yilning boshida yopilgandi. Alohida assosiasiya borligining ijobiy jihatlari: futzalga e’tibor kuchliroq edi, klub, chempionat va terma jamoa «etim» bo‘lib qolmasdi.

Bir yil avval futzal assosiasiyasidagi kadrlarni o‘zgartirish yetarli bo‘lardi. Biroq kimningdir butun futbolni o‘z qo‘liga olishga urinishi assosiasiyaning yopilishiga olib keldi. Hozir ko‘pchilik bir narsani eslay olmasa kerak: bir yil oldin futzal bo‘yicha mamlakat chempionati starti keyinroqqa qoldirilgan. O‘yinchilar deyarli bir yil o‘yin amaliyotisiz qolib ketishgan.

Klublarda ikkita yo‘l bor edi: mashg‘ulotlar uchun futzalchilarga pul to‘lash yoki ularni qo‘yib yuborish. Ikkala variant ham futzal zarariga xizmat qilardi. Keyinroq oliy ligaga biriktirilmagan jamoalarni chempionatda o‘ynatmaslik belgilandi. Bu qarorning maqsadini tushunish qiyin.

Taxminlardan biri: «Ardus»ni chempionatda o‘ynatmaslik xohishi. Agar bu haqiqat bo‘lsa, hammasi absurd, chunki «Ardus» Mirabror Usmonov O‘FF prezidenti bo‘lguniga qadar mavjud edi. Yangi rahbarlar amalga oshirgan eng yaxshi ish - format o‘zgargani. O‘yinlar ikki davraga bo‘lindi va jamoalar uyda hamda mehmonda o‘ynashni boshlashdi. Taqvim barqarorlashdi va murabbiylarda tahlil uchun vaqt paydo bo‘ldi.

Ammo muxlislar qiziqishi yo‘qoldi. Oliy ligada muxlislarning o‘yinlarga tashrifi bilan shug‘ullangan PFL (faqat birinchi bosqichda) futzalni ommalashtirishni unutib qo‘ydi. Klublar ham futzal jamoalarini asosiy jamoadek qabul qilishga ko‘nika olishmadi. Endi o‘yinlar o‘tayotganini hech kim sezmayapti: muxlislar ham, OAV ham. Shunday ekan, bu muvaffaqiyatsizlik futzalni «buzish» rejasining mahsuli bo‘ldi. Agar «mutaxassislar» bularni o‘ylab ko‘rishmasa, yoqimsiz syurprizlar ko‘payaveradi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 00:43, 10.12.2018.
O'qildi: 5850 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик