Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

FIFA sammitida Klublar o‘rtasidagi JCH va JCH-2022 bo‘yicha ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi

FIFA sammitida Klublar o‘rtasidagi JCH va JCH-2022 bo‘yicha ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Xabaringiz bor, bugun Qatar poytaxti Doha shahrida FIFAning navbatdagi sammiti ish boshladi. Ushbu sammitda 50ta mamlakat futbol assosiasiyalari rahbarlari qatorida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov ham qatnashmoqda. Sammit sessiyalari davomida bir qator masalalar muhokama qilinmoqda. 

Jumladan, ayollar futboli, FIFA Forward dasturi bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar, VAR tizimi masalalari bo‘yicha fikr almashilmoqda.

Shuningdek, sammit davomida Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati formati ham qayta ko‘rib chiqildi va ushbu musobaqaning formatini o‘zgartirish masalasi ovozga qo‘yildi. Unga ko‘ra sammit ishtirokchilarining aksariyati Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati har ikki yilda o‘tkazilishi va ushbu musobaqada 24ta klub qatnashishini yoqlab ovoz berishdi. Ushbu o‘zgarishlar Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati nufuzini oshirishga qaratilgan bo‘lib, bu orqali FIFA mazkur turnirga bo‘lgan qiziqishni oshirishni maqsad qilgan.

Bundan tashqari sammit davomida 2022 yilda Qatarda bo‘ladigan Jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirish masalasi ham muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘rtasida bu masala ovozga qo‘yilganda, 85 foiz sammit qatnashchilari JCH-2022 da 48ta terma jamoa qatnashishini yoqlab ovoz berishdi. Shuni alohida qayd etish kerakki, FIFAga a’zo 211ta mamlakat vakillari orasidan ushbu sammitda qatnashishga 50ta federasiya va assosiasiyalar taklif qilingan. Ular orasida O‘zbekiston futbol assosiasiyasining borligi FIFA tomonidan bizga bildirilayotgan ishonchdan darak beradi. 

Endilikda, FIFA bugungi ovoz berish jarayonlarini umumlashtirib, keyin Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishlarida mazkur masalalar - Klublar o‘rtasidagi JCH formatini o‘zgartirish va JCH-2022 ishtirokchilari sonini 48taga yetkazish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qiladi.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 17:17, 12.12.2018.
O'qildi: 2522 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик