Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

FIFA sammitida JCH-2022 ishtirokchilari sonini oshirish masalasi ma’qullandi

FIFA sammitida JCH-2022 ishtirokchilari sonini oshirish masalasi ma’qullandi

Baho:
+ | -

Qatar poytaxti Doha shahrida FIFAning navbatdagi sammiti davom etmoqda.

Unda bir qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, ayollar futboli, FIFA Forward dasturi bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar, VAR tizimi masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, sammit davomida klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati formati ham qayta ko‘rib chiqildi va uning formatini o‘zgartirish masalasi ovozga qo‘yildi. Sammit ishtirokchilarining aksariyati klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi va unda 24ta klub qatnashishini yoqlab ovoz berishdi.

Bundan tashqari, 2022 yilda Qatarda bo‘ladigan jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirish masalasi ham muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘rtasida bu masala ovozga qo‘yildi va ularning 85% Qatardagi jahon chempionatida 48ta terma jamoa qatnashishini yoqlab ovoz berishdi.

Endi FIFA bugungi ovoz berish jarayonlarini umumlashtirib, keyin Ijro qo‘mitasi yig‘ilishida klublar o‘rtasidagi jahon chempionati formatini o‘zgartirish va JCH-2022 ishtirokchilari sonini 48taga yetkazish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qiladi.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 23:34, 12.12.2018.
O'qildi: 9807 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.