Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

YECHL. Nimchorak final bosqichi qur’asi haqida

YECHL. Nimchorak final bosqichi qur’asi haqida

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi 2018/2019 yilgi mavsumida guruh bosqichi yakunlanib, pley-offga chiqqan 16ta jamoaning nomi aniq bo‘ldi. Demak, navbat nimchorak final bosqichi uchun tashlanadigan qur’aga. Qur’a jarayonida haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Qachon va qayerda?
Qur’a tashlash marosimi 17 dekabr, dushanba kuni UYEFA qarorgohi joylashgan Shveysariyaning Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

Nimchorak final ishtirokchilari
Guruh bosqichida birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan quyidagi jamoalar nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi:

Guruh g‘oliblari:
"Bavariya" (Germaniya, «E» guruhi»)
"Barselona" (Ispaniya, «B»)
"Borussiya" Dortmund (Germaniya, «A»)
"Manchester Siti" (Angliya, «F»)
"Portu" (Portugaliya, «D»)
"PSJ" (Fransiya, «C»)
"Real" (Ispaniya, «G»)
"Yuventus" (Italiya, «H»)

Guruhda 2-o‘rinni egallagan jamoalar:
"Atletiko" (Ispaniya, «A»)
"Ayaks" (Gollandiya, «E»)
"Liverpul" (Angliya, «C»)
"Lion" (Fransiya, «F»)
"Manchester Yunayted" (Angliya, «H»)
"Roma" (Italiya, «G»)
"Tottenxem" (Angliya, «B»)
"Shalke-04" (Germaniya, «D»)

Qur’a mexanizmi
Jamoalar qur’a jarayonida ikkita savatchaga bo‘linadi: guruh g‘oliblari va ikkinchi o‘rin sohiblari. Bir savatchadan o‘rin olgan jamoalar bir-birlari bilan to‘qnash kelmaydilar. Shuningdek:

— Bitta guruhdan chiqqan jamoalar nimchorak finalda o‘zaro to‘qnash kelmaydilar.

— Bir mamlakat klublari ham bu bosqichda o‘zaro to‘qnash kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Masalan: «F» guruhidan 1-o‘rinni egallagan holda pley-offga chiqqan Angliyaning "Manchester Siti" klubiga faqat quyidagi jamoalardan biri raqiblik qilishi mumkin: "Atletiko", "Ayaks", "Roma" yoki "Shalke-04".

O‘yinlar qachon o‘tkaziladi?
Guruh g‘oliblari dastlabki o‘yinni safarda o‘tkazishadi. Dastlabki uchrashuvlar 12/13 va 19/20 fevral, javob bahslari 5/6 va 12/13 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Nimchorak final taqvimi UYEFA musobaqalarni o‘tkazish qo‘mitasi tomonidan tuzib chiqiladi.

YECHL-2018/2019 taqvimi:

Nimchorak final, dastlabki o‘yinlar — 12/13 va 19/20 fevral
Nimchorak final, javob o‘yinlari — 5/6 va 12/13 mart
Chorak finalga qur’a tashlash marosimi — 15 mart
Chorak final, dastlabki o‘yinlar — 9/10 aprel
Chorak final, javob o‘yinlari — 16/17 aprel
Yarim finalga qur’a tashlash marosimi — 19 aprel
Yarim final, dastlabki o‘yinlar — 30 aprel/1 may
Yarim final, javob o‘yinlari — 7/8 may
Final. 1 iyun - "Metropolitano", Madrid

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:17, 13.12.2018.
O'qildi: 32701 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.