Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Diqqat! Yangi loyiha!Kim kuchliroq?!

Diqqat! Yangi loyiha!Kim kuchliroq?!

Baho:
+ | -

 Kante-Kazemiro

Loyiha haqida qisqacha: Futbolchilarning salohiyatlarini 7 jabhada solishtirib ko‘ramiz: 1- statistika 2- jamoviy hujum qilish 3- jamoviy himoyalanish 4- bosh bilan o‘ynash 5-tezlik, texnika,pas 6 -mashhurlik 7-futboldan tashqarida

1.Statistika

Kante 26 yosh                 Kazemiro 25 yosh                   

180 ta o‘yin                            240 ta o‘yin

10 ta gol                                 18 ta gol

15 ta assis                              20 ta assis

 

To‘gri, bu borada Kante Kazemirodan ancha orqada. Buning sababi esa Kantening jussasi juda ham kichik bo‘lgani uchun ko‘p murabbiylar undan bosh tortishgan. Kante 21 yoshida proffessional futbolda debyut qilishiga to‘g‘ri kelgan. Kazemiro esa «Real» ga kelgunga qadar Brazilyada ancha-muncha o‘yinlarda qatnashib ulgurgan edi. 1- raundKazemiro foydasiga

2.Jamoaviy hujum qilish

Kante hujum qilish borasida maqtana oladi, lekin, uninig hujumdagi statistikasi havas qilarlik darajada emas.O‘rtacha har o‘yinda jamoasining hujumida 2,7 yani deyarli 3 bor to‘pni oldirib qo‘yadi. Kazemiro esa bu borada maqtana oladi. Chunki u har o‘yinda o‘rtacha 0,5 foiz to‘pni oldiradi. Ya’ni 2 ta o‘yinda bir marotaba degani. Ikkalasi ham o‘rtacha 1 o‘yinda 2 marotabadan omadli aldab o‘tishni amalga oshirishadi. Kanteninig uzoq masofadan zarbalari Kazemironikiga nisbatan ancha kam havf tug‘diradi. Kazemironinig yo‘llagan zarbalarining deyarli 67 foizi aniq chiqar ekan. Kanteda esa 47 foiz ko‘rsatkich. Lekin masalaninig ikkinchi tomoni ham bor. Kanteninig hujumdagi har 6 – pasi deyarli gol bilan yakunlanadi.U bir o‘yinda o‘rtacha 6-7 ta hafvli vaziyat yaratadi. Kazemiroda esa bu ko‘rsatkich ancha pastroq. Vijdonan oladigan bo‘lsak, bu raund durang bilan yakunlandi

3. Jamoaviy himoya

Bu borada bahslashsak bo‘ladi. Kazemiro maydon markazida o‘zini ham, raqiblarini ham aymaydigan o‘yinchi. U La liganing eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi sanaladi. U ,asosan, gavdasi bilan kurashga kiradi va tanasi orqali kurashlarda yengib chiqadi. Uning yana bir ustun tomoni bu effekt patkatlari. Uni bejizga ZIZU tank deya atamagan axir Kante esa buning teskarisi. U kurashda gavdasini deyarli ishlatmaydi. Shunchaki, chaqqonlik evaziga ko‘pgina kurashlarda yengib chiqadi. U raqib hujumini yahshi o‘qiydi va o‘z vaqtida uni bartaraf qiladi. Statistikaga e’tibor qaratamiz. Bitta o‘yinda Kazemiro 4 marotaba to‘pni olib qo‘yar ekan. Kante esa 4.4 marotaba. Raqib hujumini Kante bir o‘yinda o‘rtacha 3.2 bor buzar ekan. Kazimiro esa 2 bor. Bu borada xayron qolmasdan iloji yo‘q .Kante himoyada ozgina ustunlik bilan bu raundda yengdi.

4. Bosh bilan o‘ynash.

Bu borada ortiqcha gap so‘zga hojat yo‘q. Kante Kazemirodan 15 sm ga pastroq. Kazemiro har o‘yinda o‘rtacha 4 bor ikkinchi qavatda yengib chiqadi. Bu esa 56% degani. Kanteda esa 0.6 foiz. Boshqa parametrlarni solishtrishninig hojati ham yo‘q. Bu raundda Kazemiro yaqqol g‘olib

5. Tezlik,texnika,pas

Tezlik Kazemironinig eng ojiz tomonlaridan biri. Brazilyalik shu sababli butun kariyerasi mobaynida 78 ta sariq kartochka olgan. Kante esa bu bilan maqtana oladi. U tezkor harakatlari evaziga fol qilishga hojat qoldirmaydi. Uning sariq kartochkalari soni 28 tani tashkil qiladi. Lekin aytib o‘tish joizki, Kazemiro biror marotaba ham qizil kartochka olmagan. Kanteda esa bunday kartochkalar yetarli. Texnika borasida ham Kante raqibidan ustunroq, har o‘yinda o‘rtacha 2.7 ta omadli dribbling ishlatadi. Kazemiroda bu ko‘rsatkich 1,4 marta amalga oshadi.Lekin Kazemiroda brak juda ham kam. Kanteninig 76% foiz paslari aniq chiqsa, Kazemiroda bu ko‘rsatkich 87% tashkil qilmoqda. Bu raundda kichik ustunlik bilan Kante g‘olib 6-Mashhurlik

Bu borada yaqqol ustunlik Kazemiroda.Uning instagramdagi obunachilari soni 5,3 mlnni tashkil etadi. Kanteda esa 1.7 mlnTvitterda esa Kazemiroda 1.2 mln muxlis Kanteda esa kamtarona 300 ming obunachi. Bu raundda yaqqol ustunlik Kazemiro tarafda

7. Insoniylik va futboldan tashqarida.

Kazemiro ortiqcha dabdabana hush ko‘rmaydigan o‘yinchi. U mashhur modellar bilan uchrashmaydi. Hashamatli saroylar sotib olmaydi. Super mashinalarda yurmaydi. U havas qilsa arzigulik ota deya olamiz. Lekin Kante haqida alohida to‘xtalamiz. Ngolo oilasi bilan Mali respublikasidan Fransiyaga muhojir bo‘lib kelgan 8 bolalioilada tavallud topgan. U mehribon jigar sifatida ularga yordam qo‘lini cho‘zib keladi. «Chelsi»ning eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchisi «Mini kuper» mashinada mashg‘ulotlarga qatnaydi Qimmat brendlardan kiyinmaydigan qahramonimizni kamtarin inson sifatida qadrlashadi. Bu borada kichik ustunlik Kante tomonida Xulosa o‘rnida: Bugun jangavor durang qayd etildi. Bu bizninig fikrimiz, xolos. Asosiysi, bu ikki futbolchi o‘z ishinig ustalari va muxlislarining yoqimtoylari hisoblanadi.

     Yahyoxo‘ja Ulxo‘jayev

Manba: m.stadion.uz
Kiritildi: 14:16, 14.12.2018.
O'qildi: 4730 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.