Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Yil jasorati" nominasiyasi sababchisi bilan eksklyuziv suhbat

«Yil jasorati" nominasiyasi sababchisi bilan eksklyuziv suhbat

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

 Bugun Toshkent shahri Uzexpomarkaz anjumanlar saroyida futbol bo‘yicha yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu nominasiyada menda eng katta qiziqish uyg‘otgan «Yil jasorati» nominasiyasi g‘olibi Ulug‘bek Yangiboyevdan intervyu ola olmadim. Lekin voqeaning yana bir qahramoni Islom Boysariyevd bilan suhnatlashishga muyassar bo‘ldim.

-Assalomu alaykum, xayri kech,Islom

-Assalomu alaykum, o‘zingizga ham

- «Yil jasorati» nominasiyasi g‘olibi «Orol» jamoasi darvozaboni Ulug‘bek Yangiboyev deb e’lon qilindi. Garchi eslash yoqimsiz bo‘lsa ham, muhlislarimiz uchun voqea haqida qisqacha izoh bersangiz.

- Men «Sho‘rtan» jamoasida chap qanot hujumchisi pozisiyasida harakat qilaman. «Orol» jamoasi bilan o‘yinda to‘p uchun ikkinchi qavatdagi kurashda boshim bilan raqib o‘yinchisining boshiga qattiq urildim, bu ham yetmaganidek yerga ham boshim bilan tushdim. U yog‘ini eslay olmayaman. Keyin aytib berishlaricha, hamkasbim Ulug‘bek aka yordamga yetib kelibdilar. Tibbiyotdan xabardor ekanlar. To shifokorlaretib kelgunicha, birinchi yordamni ko‘rsatibdilar. Do‘stlarimning aytishicha, tilim orqaga ketib, yurak urishi deyarli eshitilmay qolgan ekan. Ulug‘bek aka yuragimni qo‘llari bilan massaj qilib, eng kerakli yordamlarini ko‘rsatgan ekanlar.

-O‘zingizga kelgandan so‘ng ularga minatdorchilik bildirdingizmi?

- Ha ,albatta, qo‘ng‘iroqlashdik, bugun va nihoyat ko‘rishdik

- Qahramonimizdan intervyu olimoqchi edik, unamadilar, Ey qo‘ysangizchi-deya kulgancha, intervyuni rad etdilar. Ulug‘bek aka ga tillaklaringiz

- Bugun ham ularni ushlab qola olmadim. Tadbirtugagunicha ketib qolipdilar. Ularga futbolchilik faoliyatida ham,shaxsiy hayotda ham omadlar tilab qolaman.

- Suhbat uchun sizga rahmat !

Bugungikechadagi hamma nominasiyalar o‘z yo‘ligayu, bu nominasiya eng yurakka yaqini bo‘ldi. Sababi, asrlar oshsada ummuminsoniy qadriyatlar ulug‘lanaveradi. Chunki bu ulug‘ vatanda azizdir, inson!   

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev suhbatlashdi

Manba: m.stadion.uz
Kiritildi: 22:30, 14.12.2018.
O'qildi: 2926 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.