Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Viktor Jalilov bilan Amet Memet «Andijon»da ish boshladi

Viktor Jalilov bilan Amet Memet «Andijon»da ish boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Joriy mavsum Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «Andijon» jamoasi bo‘lajak chempionatga har tomonlama puxta hozirlik ko‘rishga intilmoqda.

Jamoa rahbariyati murabbiylar shtabiga tajribali mutaxassislarni jalb etishga qaror qildi.

Xususan mamlakatimizdagi taniqli futbol mutaxassislaridan biri bo‘lgan Jalilov Viktor Romanovich «Andijon» futbol klubida sport direktori sifatida faoliyatini boshladi.

 O‘z vaqtida murabbiy sifatida «Navbahor», «Mash’al», «Paxtakor» singari mamlakatimizning nomdor jamoalarini boshqarib, sezilarli yutuqlarni qo‘lga kiritgan Viktor Romanovich endilikda «Andijon» jamoasining ravnaqi yo‘lida astoydil mexnat qilish uchun bel bog‘ladi. Jalilov hozirda bosh murabbiy Ildar Sakayevga seleksiya ishlari bo‘yicha keng ko‘lamda yordam berayotganini aytish lozim.

Shuningdek bosh murabbiyga yangi mavsumda yana bir taniqli mutaxassis Amet Memet yaqindan yordam beradigan bo‘ldi. O‘z vaqtida ma’lum muddat bosh murabbiy sifatida  «Andijon»ni boshqargan Amet Abdullayevich endilikda katta murabbiy lavozimida faoliyat yuritadigan bo‘ldi. Bir necha yillardan buyon, Ukrainada istiqomat qilib kelayotgan Memet hozirda «Andijon»ga yuqori saviyadagi legionerlarni jalb etish yuzasidan ish olib borayotganini ta’kidlash lozim. Tez kunlarda Amet Memet Andijonga tashrif buyuradi.

Ma’lumot uchun «burgutlar» dekabr oyidagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘z qarorgohida olib boradi. Jamoaning yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi haqida keyinroq batafsil ma’lumot beramiz.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:58, 15.12.2018.
O'qildi: 3339 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик