Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Pochettino «Tottenhem» murabbiyligida yubiley g‘alabasiga erishdi

Pochettino «Tottenhem» murabbiyligida yubiley g‘alabasiga erishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

«Tottenhem Hotspur» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «shporlar» murabbiyligida Angliya Premyer-ligasida ajoyib natija qayd etmoqda.

15 dekabr kuni londonliklar jamoasi 17-tur doirasida «Byornli»dan ustun keldi (1:0).

Opta ma’lumotiga ko‘ra, bu g‘alaba argentinalik murabbiy Maurisio Pochettino uchun «Tottenhem» rahbarligidagi 100-g‘alaba bo‘ldi. Pochettino jamoani APLning 169 o‘yinida maydonga boshlab tushgan.

Qayd etilishicha, bunday natijaga «Arsenal»ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger ham erishgan, ammo u 179 o‘yinda 100-g‘alabasini nishonlagan.

«Tottenhem» 17 turdan keyin Premyer-liga turnir jadvalida 39 ochko to‘plagan holda uchinchi o‘rinda joylashgan. «Shporlar»dan yuqorida «Manchester Siti» (44) va «Liverpul» (42) joylashgan.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 11:45, 16.12.2018.
O'qildi: 1844 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик