Ektor Kuper Turkiyaga olib ketgan futbolchilaridan hulosa qiladigan bo‘lsak, Bizni osiyo kubogidagi o‘yin uslubimiz o‘rtoqlik uchrashuvlaridan deyarli farq qilmasa kerak. Kupercha uslubga tushub o‘ynab ketishimiz uchun bizga yaxshigina vaqt kerak bo‘ladi.
Chunki bizninig futbolchilarimiz hali hech qachon jismoniy kuchga tayangan pressingga asoslangan futbol o‘ynamagan. Bizning eng kuchli tomonimiz hamma zamonlarda to‘p bilan muomila va texnikada bo‘lgan.
Biz JCH uchun aynan shu murabbiyni atayin olib kelgan bo‘lsak, katta extimol bilan Osiyo kubogida shov-shuv kutish noo‘ringa o‘xhsab ko‘rinmoqda ammo, lekin, biroq bunday fikirlashga shoshilmaganingiz yaxshi. Yoddingizda bo‘lsa Qatar davlatida o‘tgan Osiyo Kubogi oldidan o‘tkazilgan deyarli hamma o‘yinlarda Abramov jamoasi natija ko‘rsata olmagan edi. Qattiq tanqidlarga qaramasdan Abramov o‘z kuchini osiyo kubogida ko‘rsata bilgan edi...
Kuper o‘z uslubini osiyo kubogida ham targ‘in qiladigan bo‘lsa unda bu turnirda shov-shuvli natijalarni kutmaganimiz mumkin. Lekin buninig ham o‘ziga yarasha plyuslari bor. Bunday katta musobaqa yangi uslubni o‘zlashtrayotgan jamoa uchun yaxshigina maktabni o‘tabberishi mumkin. Agar Kuper termamiz o‘yin uslubidagi o‘zgarishlarini minimalashtirsa, natijaga umid qilsak bo‘ladi. Ammo bunning ham o‘ziga yarasha minuslari bor. Keyinchalik yanggi uslubga moslashish uchun bunday qulay fursat topilmasligi mumkin. Bu janob Kuperga bog‘liq masala!
Ektor Kuper uslubi haqida ko‘p gapirdik. Uning murabbiylik salohiyatini bir chetga surib qo‘yaylikda mardlarcha tan olaylik, hozirgi avlod futbolchilarimiz bundan avvalgi avloddan biroz kuchsizroq. Avvalgi avlod vakillarida maydon markazida o‘ynay oladigan saviyali hujumchilarimiz bor edi. Baqoyev, Shatskih, Geynrih, anna boring hatto Soliyev darajasidagi hujumchimiz ham yo‘q. Marat Bikmayev ham noilojlikdan markazda o‘ynashga majbur bo‘lmoqda. Aslida esa u qanot yarim himoyachisi ekanligini barchangiz yaxshi bilsangiz kerak. Sergeev deyarli formasini yo‘qotib bo‘ldi, Abduxoliqov jismoniy tomondan raqib hinoyachilaridan ancha ortda qolmoqda, Qolganlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Yarim himoya borasida sal ko‘ngil to‘q . Aliboyev, Hamrobekov, Siddiqov, Ahmedov bu yigitlarga yarim himoyani ishonsa bo‘ladi. Himoya va darvozabon borasida to‘xtalib o‘tirmaymiz. Sababi u yerdagi ishlar termamiz hujumidan ancha yaxshiroq ketmoqda.
Futbolchilarimiz ham ortlarida sal kam 35 million xalq qarab turganini yurakdan his qilib to‘p tepishsa, umid qilamizki hammasi o‘z joy-joyiga tushib ketadi. Muhlislarimiz bosh jamoamiz o‘yinlarini sog‘inishgani h. Hademay boshlanadigan Osiyo kubogida Ektor Kuper zerikarli ammo natija keltradigan o‘yinni namoish etadimi yo sal himoyaga urg‘uni kamaytrgan xolda hujumkor futbol ko‘rsatishadimi? Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Biz Termamizga yaqinlashib kelayotgan muhim turnir oldidan omad va zafarlar tilab qolamiz.Olg‘a oq bo‘rilar!
O‘zbek futboli jonkuyarlaridan biri