Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Kuper e’tiboridan chetda qolganlar

Kuper e’tiboridan chetda qolganlar

Baho:
+ | -

 

Terma jamoamiz Turkiyadagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotalarini boshlab yubordi. Osiyio kubogiga boradigan tarkibimiz deyarli 90% aniq bo‘lib ulgurdi. Bu ro‘yxatdan ko‘pchilk kutgan futbolchilardan ba’zilari tushib qoldi. Xozir shu futbolchilar haqida qisqacha

Sanjar Tursunov

 

Tezkor qanot yarim himoyachi bizga Osiyo kubogida asqotishi mumkin edi. Chunki qarshi hujumga tayanib o‘ynaydigan jamoa uchun tezkor futbolchilar juda ham zarur. O‘z klubida chakki o‘yin ko‘rsatmayotgan Tursunov termamiz uchun ham foydadan holli bo‘lmasdi

Oston Urunov

Bu mavsumda O‘zbekistonda eng yaxshi yosh o‘yinchi nominasiyasi g‘olibiga bosh jamoamizda joy topilmadi. Oston yoshlar jamoamizda ham o‘zining ishonchli o‘yinlari bilan ajralib turar edi. Uni bejizga sardor qilishmganku, axir. Urunov «Navbahor» bilan yaxshi mavsum o‘tkazdi. U termamiz safiga chaqirilganda ,balki, Odil Ahmedovning pozisiyasida harakat qilsa, Ahmedov oldinroq o‘tib o‘ynagan bo‘lar edimi. Mayli bu hammasi nazariya xolos.

Sanjar Shoahmedov

Yana bir iqtidorli yarim himoyachilarimizdan biri. «Lokomativ» jamoasidagi o‘yinlari bilan xalqimizga yaxshi tanish bo‘lgan futbolchi ham Kuper shortlistida umuman ko‘rinmadi. To‘gri, yarim himoyada bizning muammolarimiz yo‘q lekin bunday futbolchi bizga halaqit qilmagan bo‘lar edi.

Shuhrat Muhammadiyev

O‘zbekiston chempionining bu mavsum ishlari yomon emas. U deyarli mavsumni asosiy tarkibda o‘tkazdi. Qanotdagi noodatiy o‘yini va tezkor yorib kirishlari orqali Qosimov davrida terma jamoga chaqiruv olgan himoyachi hozircha Ektor Kuperni qiziqtira olmayapti. Ko‘pchilik mutaxassislar Davron Hoshimovning o‘rnida shu futbolchini ko‘rishni xohlagan edi.

Shohruh Gadoyev

Kuperda umuman «simpatiya» uyg‘ota olmagan futblchilardan yana biri Shohruh Gadoyev u hozirda o‘z klubida yomon o‘ynamayotganini hisobga olsak, bu ko‘pchilikda savol uyg‘otmoqda. Gadoyev universal yarim himoyachi. U himoya qanotlarida ham, hujum qanotlarida ham birday ishonchli o‘yin ko‘rsatadi. Undan Mirjalol Qosimov ajoyib foydalanar edi.

Bu bizninig tahlil xolos, asosiysi, Ektor Kuper tanlovining to‘g‘ri ekanligiga umid qilib qolamiz va yaqinlashib kelayotgan katta turnir oldidan omad yor bo‘lishini tilab qolamiz

Jonkuyar Xo'ja

Manba: m.stadion.uz
Kiritildi: 12:30, 17.12.2018.
O'qildi: 15375 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.