Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Italiyaning mashhur “YUventus” klubi o‘zbekistonda o‘z futbol akademiyasini ochadi

Italiyaning mashhur “YUventus” klubi o‘zbekistonda o‘z futbol akademiyasini ochadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Italiyaning “Yuventus” klubining brendni boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Karolina Kiappero boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizga tashrif buyurgan mashhur Italiya futbol klubi vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralar jarayonida Turin politexnika universiteti kampusi bazasida “Yuventus akademiyasi”ni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham tomonlar yurtimizda futbolni ommalashtirish, yangi tashkil etilayotgan akademiya faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qilishdi.

“Serquyosh yurtimizda sizlarni ko‘rib turganimda bag‘oyatda xursandman. Bizda futbol yaxshi ko‘rishadi. Xususan yurtimizda “Yuventus” jamoasi muxlislari ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Poytaxtimizda ushbu klub akademiyasining tashkil etilayotgani barchamiz uchun quvonchli yangilik bo‘ldi. Akademiyaning tashkil etilishi nafaqat ushbu muassasada, balki umuman o‘zbek futboliga jahonning ilg‘or tajriba va metodikalarini joriy etishi imkonini beradi deb o‘ylayman. Vazirligimiz ham o‘z navbatida klub bilan hamkorlik qilishga hamda akademiyani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor” – dedi D.Nabiyev.

“Yuventus” klubining brendni boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Karolina Kiappero yurtimizda akademiyani tashkil etishdan maqsad faqatgina uning o‘quvchilarini tayyorlash emas, balki o‘zbek yoshlariga futbol bilan professional tarzda shug‘ullanish imkoniyatini yaratish ekanligini ma’lum qildi.

“Yuventus akademiyasi” faoliyati bolalarning futbol orqali jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek ularda futbol madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. Akademiya faoliyati kompleks yondashuvga asoslanib, yillik trening, shug‘ullanish oromgohi, yozgi oromgoh, o‘quv sessiyasi kabi jami oltita asosiy yo‘nalishda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunga kelib, “Yuventus akademiyasi” loyihasi Yevropa, Osiyo va Amerika qit’asida joylashgan 49 ta mamlakatda amalga oshirilib, 100 dan ortiq hududni va 15000 nafardan ortiq bolalarni qamrab olgan.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 13:06, 18.12.2018.
O'qildi: 5270 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик