Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

O‘FAda "Yuventus" klubi ijrochi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘FAda "Yuventus" klubi ijrochi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan yurtimizda bolalar futbolini rivojlantirish, hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari faoliyatini xorij tajribasini o‘rgangan holda muvofiqlashtirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 15-16 dekabr kunlari O‘FA Xalqaro aloqalar boshqarmasi vakillari Italiyaning Milan shahriga tashrif buyurib, "Inter" klubi va akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Bugun 18 dekabr kuni yurtimizga tashrif buyurgan "Yuventus" klubi brendni rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Karolina Kiappero va "Yuventus" klubi futbol akademiyasi bosh murabbiyi, Yaqin Sharq, Fors Ko‘rfazi, Shimoliy Afrika va Rossiya bo‘yicha bosh koordinatori Marko Degortes bilan O‘zbekiston futbol assosiasiyasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Turin klubi mutasaddilari O‘zbekistonda "Yuventus" klubi akademiyasini ochish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilishdi. Shuningdek, bolalar futboli murabbiylari uchun "Yuventus" klubi mutaxassislari ishtirokida mahorat darslarini o‘tkazish bo‘yicha ham fikr almashildi. Kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shundan so‘ng, "Yuventus" klubi vakillari poytaxtimizdagi "Milliy" stadionga tashrif buyurishdi. U yerda o‘zbek futboli tarixi muzeyi bilan tanishib, stadionda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:15, 18.12.2018.
O'qildi: 3143 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик