Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Yurgen Klopp. Kim o‘zi u?! (2-qism)

Yurgen Klopp. Kim o‘zi u?! (2-qism)

Baho:
+ | -

Bu qismda asosan «Liverpul» bilan bog‘liq qiziq faktlarni keltirib o‘tamiz.

Klopp «Liverpul»ga kelgach, birinchi g‘alabasini naq 4 o‘yindan so‘ng qo‘lga kiritadi. Bu rahbariyatda ancha savollarni uyg‘otadi. Lekin Klopp ko‘rsatayotgdan o‘yinlarni ko‘rgach, unga imkoniyat berishadi. Klopp «Liverpul» bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekkan edi. Birinchi shartnoma yakuniga yaqin qolgan paytlarda OAVda Kloppning ketishi haqida xabarlar paydo bo‘la boshlaydi. Shunday paytda muxlislar «Enfild» stadioni oldida yig‘ilib, undan qolishini iltimos qilib miting o‘tkazishadi. «Liverpul» mutasaddilari esa boy berilgan kubok finallaridan so‘ng Klopp bilan shartnomani uzaytrishga ikkilanib turishgan edi. Muxlislarning unga bo‘lgan mehrini ko‘rgach, darrov yana 4 yillik shartnoma taklif qilishadi.

2006 yilgi JCH va 2008 yildagi Yevropa chempionatlarida futbol eksperti sifatida ishlagan Klopp juda ham mashhur bo‘lib ketadi. Buning sababi esa u har bir o‘yin oldidan jamoalarining o‘yin uslubi, taktik sxemasi, futbolchilari haqida fikr bildirib, taktik tomondan baholab, kimda imkoniyat ko‘pligini aytib bera olgan. U Yevro-2008da Ispaniya termasining g‘olibligini turnirning birinchi turidayoq shunday izohlagan edi: «Bu yigitlarni to‘xtatishning iloji yo‘q. Zamonaviy futbolda ispanlar inqilob qilishdi. Bu o‘yin bilan ularga hech kim yaqin 8 yilda yaqinlasha olmaydi». Qit’aning eng kam sovrinli grand termasi haqida bildirilgan mulohazalar keyinchalik Kloppga qiziqishni oshirib yubordi.

U haqida: «Jamoaga endi kelganimda u meni qanotga qo‘ydi. So‘ng shu qadar oldinga qo‘ydiki, hatto markaziy hujumchi ham mendan 6-7 qadam orqaroqda edi. Men unga bunday pozisiyada avval hech ham o‘ynamaganman desam, u kulganicha, bu birinchisi bo‘ladi", — dedida indamay boshqa tomonga yurib ketdi», — deb eslaydi misrlik hujumchi Muhammad Saloh. Kloppninig yana aqlga sig‘mas rejasi ish berdi. Saloh gol urish orqali ancha-muncha rekordlarni yangilab yubordi.

«Pressing — bu eng zo‘r pleymeker». Bu so‘zlar Kloppniki ekanligini darrov sezgan bo‘lsangiz kerak. Yurgenning o‘yin uslubida pressingdan tashqari vertikal passlar ham muhim rol o‘ynaydi. Unnig «Liverpul»i hozirgi kunda eng zamonaviy o‘yin uslubida o‘ynaydigan yer yuzidagi 3 ta jamoadan biri deb hisoblanadi. Klopp futbolchilarni mashg‘ulotlarda yarim hazil-yarim chin tez-tez urib turishini ko‘pchilik bilmasa kerak. Agar mashg‘ulotlarda qaysidir futbolchisi dangasalik qilayotganini ko‘rsa, Klopp darrov uning yuziga sal qattiqroq tarsaki tortar ekan. Futbolchilar esa bunaqangi yarim hazillarga ko‘nikib qolishgan, — deya kuladi Klopp.

Klopp haqida juda ko‘p insonlar iliq fikr bildirishgan. Biz ularninig ichidan Ibrahimovichning so‘zlarini keltirib o‘tamiz: "Liverpul" - "Manchester Yunayted" o‘yinlari oldidan matbuot anjumanida Zlatan: «U haqiqiy futbol» giyohvandi”, Klopp — haqiqiy motivator va dahshatli inson! Men unga bir necha bor tan berganman. Uning jamoasidan taklif tushsa, jon deb o‘ynagan bo‘lar edim”, — degan edi.

Klopp ham o‘sha matbuot anjumanida hazilga hazil bilan: "Men jon deb uni jamoamda ko‘rgan bo‘lardim, afsuski, unga maosh to‘lash uchun yarim jamoamni sotib yuborishimga to‘g‘ri keladida!?", — deya javob bergan edi.

Uni Ibrahimovich shunchalik ko‘klarga ko‘targan bo‘lsa, demak Klopp haqiqatdan «dahshatli» inson!

Ya.U.Ya.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:22, 18.12.2018.
O'qildi: 7117 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.