Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Dzyudo federasiyasiga yangi rais saylandi, Umid Ahmadjonov unga Tokio Olimpiadasida oltin medal olish vazifasini yukladi

Dzyudo federasiyasiga yangi rais saylandi, Umid Ahmadjonov unga Tokio Olimpiadasida oltin medal olish vazifasini yukladi

Baho:
+ | -

Bugun, 20 dekabr kuni O‘zbekiston dzyudo federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov, O‘zbekiston dzyudo federasiyasi mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar tashkilotga yangi rais saylab olishdan iborat edi. Shuni inobatga olgan holda federasiya rahbarligiga Aziz Kamilov nomzodi ilgari surildi.

Konferensiya ishtirokchilari taqdim etilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashdi va shu tariqa Aziz Kamilov O‘zbekiston dzyudo federasiyasining yangi raisi lavozimiga saylandi. Jamshid Nasriddinov esa federasiya bosh kotibi lavozimida faoliyat olib boradigan bo‘ldi.

Konferensiya davomida so‘zga chiqqan Umid Ahmadjonov yangi rahbariyat oldiga mamlakatimizda dzyudo ommaviyligini oshirish, Tokio Olimpiadasida delegasiyamiz hisobiga oltin medalni taqdim etish vazifasini qo‘ydi. O‘z navbatida buning uchun Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan yetarli shart-sharoitlar yaratib berilishini ma’lum qildi.

Dzyudo federasiyasining yangi raisi esa o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlab, yangidan-yangi muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishga tayyor ekanligini aytdi. O‘z rejalari bilan tanishtirib o‘tdi. O‘z navbatida bungacha erishilgan natijalarda, sportning bugungi kunda tutgan mavqeida federasiyaning avvalgi rahbariyati hissasi katta ekanligini alohida qayd etib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Kamilov Aziz Yakubjanovich 1984 yilning 19 iyunida Toshkent shahrida tavallud topgan. Oilali. Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 12:06, 20.12.2018.
O'qildi: 3436 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.