Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Millat uchun o‘ynang, yigitlar! Vatan uchun!

Millat uchun o‘ynang, yigitlar! Vatan uchun!

Baho:
+2 | -

Men ko‘pincha terma jamoa sha’ni degan so‘zni eshitsam, 2002 yildagi Koreya va Yaponiya maydonlarida bo‘lib o‘tgan JCHda ishtrok etgan Turkiya terma jamoasini xotirlayman. O‘shanda o‘rtamiyona tarkib, mahalliy murabbiy, ichki chempionat o‘yinchilaridan tashkil topgan soddagina jamoa bo‘lib ko‘ringan turklar millat sha’ni uchun mardonavor kurashishgandi. JCHda ularni faqat Braziliyagina to‘xtatgandi.

Skolarri o‘sha mundialdan so‘ng «Siz uchun eng qiyin o‘tgan o‘tgan o‘yin qaysinisi bo‘ldi?», — deb berilgan savolga o‘ylab ham o‘tirmay, «Albatta, Turkiya bilan, o‘zingiz ko‘rdingizku, ular bilan o‘yinda futbol emas, jang qilishga to‘g‘r keldi», — deya javob bergan edi. Turkiya termasi o‘shanda Mundialninig bronza medallariga ega chiqishgandi. Ular maydon egalari bo‘lmish Yaponiyani «Sayitama» stadionida 80 ming yapon muxlislari ko‘z o‘ngida yengishadi, keyinchalik esa guruhda Fransiyani qoldirib ketgan Senegal termasini oltin gol evaziga uyiga jo‘natib yuborishadi.

 

Shenol Gunesh boshchiligidagi turklarning o‘yinlarini haligacha eslab turaman. Ustozimiz Xayrulla Hamidov o‘sha mundialdagi Turkiya termasininig o‘yinlari haqida sharh berarkanlar, taxminan shunday so‘zlarni ishlatgan edi: «To‘g‘ri, turkiyalik futbolchilar janubiy amerikaliklardek texnikaga ega emaslar, to‘g‘ri, ular superyulduz emasdirlar, lekin har qanday turk futbolchisi millat bayrog‘i tushirilgan futbolkani kiyar ekan, sherlarga aylanadilar. Ular vatani sha’ni uchun maydonda o‘limga ham tayyor»...

Bizning milliy terma jamoamiz deyarli 30 yildan beri katta turnirlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Afsuski, bizning terma o‘yinchilari hali beri «sher»ga aylana olishmayapti. Hattoki, siyosiy notinchliklar o‘chog‘i bo‘lgan Iroq ham Osiyo kubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘la oldi. Ularga avvaldan hech qanday mukofot puli va’da qilinmagandi, hatto tayyorlanish uchun qulay sharoitlar ham yaratib berilmagandi, shunchaki Yunus Mahmud boshchiligidagi vatanparvar yigitlar millat quvonchi uchun, ortlaridan qarab turgan qora ko‘zlar uchun, or-nomus uchun maydonda borlarini berishdi...

Bizninig yigitlar ham egnilaridagi libosninig mas’uliyatini his qilib o‘ynasalar, orqalarida millionlab o‘zbeklar tikilib turganini yodlaridan chiqarmasalar, bizga hech qanday raqib bas kela olmaydi. Buninig uchun hamma narsani unutib, millat uchun, Vatan uchun o‘ynang endi, yigitlar!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:48, 21.12.2018.
O'qildi: 9145 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.