Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Osiyo kubogida ko‘rinish bermaydigan qit’amiz yulduzlari

Osiyo kubogida ko‘rinish bermaydigan qit’amiz yulduzlari

Baho:
+ | -

Yaqinlashib kelayotgan Osiyo kubogini ba’zi yulduzlar ayrim sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborishadi. Shu futbolchilar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Shinji Kagava – Yaponiya

Bu futbolchi o‘z vaqtida Osiyoninig eng yaxshilari qatorida yurardi. Aslida, hozir ham shunday, shunchaki, yaponlar bu Osiyo kubogida asosiy kuchni yoshlarga qaratgan holda, Qatardagi Mundialga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Kagava esa «Borussiya D»bilan chempionlik uchun kurashni davom ettiraveradigan bo‘ldi.

As-Sahlaviy – Saudiya Arabistoni

Haqiqiy gol mashinasini bu Osiyo kubogida ko‘ra olmaymiz. «Sahro burgutlari» bu Osiyo kubogida xuddi Yaponiya singari yo‘l tutishmoqda. Lekin Saudiyada yoshi kattaroq futbolchilar talaygina. Arablar murabbiylarni qo‘lqopdek almashtirishlarini hisobga olsak, o‘z joyini saqlab qolish uchun ham murabbiy natijani ko‘proq birinchi planga olib chiqsa, ajab emas.

Yedinak – Avstraliya

 

Metindek mustahkam tayanch zonasi vakili bu galgi Osiyo chempionatini o‘tkazib yuboradi. APLdagi ishonchli o‘yinlari va gollari evaziga uni Osiyo qit’asida yaxshi tanishadi. Yedinakni bosh murabbiy yakuniy tarkibga jon deb kirgazmoqchi edi. So‘nggi daqiqalarda Yedinak termadagi faoliyatini yakunlashini e’lon qilib qoldi. Afsuski, bu yigitnnig ham o‘yinlarini ko‘ra olmaymiz.

Kim Shin Vuk – Janubiy Koreya

Baland bo‘y va baquvvat tanasi orqali uzoq plandan ham ko‘rinib turadigan hujumchiga Bentu tarkibda joy topa olmadi. Janubiy Koreya matbuoti ham shu haqida ko‘p bahsli maqolalarni birin-ketin e’lon qilishmoqda. Bu futbolchini yutimiz futbol ixlosmandlari ham yaxshi tanishadi. Afsuski, uni ham Osiyo kubogida o‘rni bilinadi.

Vitaliy Denisov – O‘zbekiston

Vitaliy Denisov – O‘zbekiston

Rossiya chempioniga joy topilmaganiga hamma hayron bo‘lsa, ajab emas. Chunki Vitaliy harakat qiladigan qanotda hozir bizda unga teng keladigani bo‘lmasa kerak. Uning eng qiyin daqiqalardagi motivatorlik xususiyatlari ham jamoamizga qo‘l kelishi mumkin edi. Afsuski, termamiz murabbiyi haqiqiy jangchini Osiyo kubogiga olib ketmaydigan bo‘ldi. Ishqilib, oxiri baxayr bo‘lsinda, aks holda toshoynalarninig sho‘ri quriydi.

Ya. U.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:58, 22.12.2018.
O'qildi: 6880 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.