Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Himoya ma’qulmi yoki hujum?

Himoya ma’qulmi yoki hujum?

Baho:
+ | -

BAA maydonlarida o‘tadigan qit’aning nufuzli musobaqasiga ham oz vaqt qolmoqda. To‘rt yillikning eng yirik turnirlaridan biriga O‘zbekiston milliy jamoasi jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotganligi barchamizga ma’lum. Ektor Kuper boshchiligidagi termamiz so‘nggi yig‘inni Turkiyada o‘tkazmoqda. Maqsad, albatta, chempionlik bo‘lgandan keyin bosh jamoamizdan mazmunli va ishonchli o‘yin talab etiladi. Xo‘sh, bu galgi musobaqada qanday o‘yin namoyish qilsak, yuksak natijaga erisha olamiz? Boz ustiga, termamizga top-hujumchilar yetishmayotgan bir paytda qaysi futbolchilar orqali shohsupaning yuqorisiga ko‘tarilishimiz mumkin?

Ko‘pchilik ushbu musobaqada vakillarimizning imkoniyatlarini u qadar yuqori baholamasada, lekin oz bo‘lsada ijobiy tomonimizni ham aytib o‘tishmoqda: joriy yil boshida Osiyo chempioni bo‘lgan yoshlar tufayli termamizga bo‘lgan ishonch minimal darajada saqlanib turibdi. Bu o‘rinda asosiy e’tiborni yoshlarga qaratish fikridan yiroqmiz. Chunki bu galgi musobaqada eng optimal tarkibga ega jamoalar ishtirok etishadi. Bu safar shijoat bilan birga tajriba ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shundan xulosa qilib, bosh murabbiyimiz Ektor Kuper jamoada shijoat va tajriba uyg‘unligini shakllantira olsa, termamiz istalgan raqibi uchun bosh og‘rig‘i bo‘lishi aniq! Argentinalik mutaxassis yakuniy tarkibni hali e’lon qilgani yo‘q, boz ustiga, himoya-viy uslubdan foydalanishini barchamizga ma’lum qilib bo‘ldi. Lekin takror aytamiz: himoyaviy o‘yindan foydalanish uchun malakali kadrlar kerak! Qolaversa, tarkib shakllangan bo‘lishi shart! Kuper termamiz bilan tanishganiga hali 6 oy ham bo‘lmagan bir sharoitda bu qaror to‘g‘rimikan? Tarkibimizdagi himoyachilarga e’tibor bersak, ular mudofaa chizig‘ida ishonchli o‘ynashlari mumkin, lekin qarshi hujumlar borasida bunday deya olmaymiz. Chunki hozirgi kunda himoya va qarshi hujum taktikasi jamoalar uchun ideal usulga aylanmoqda. Qarshi hujumda himoyachilar ham samarali harakat qilishyapti. Bizda esa Yegor Krimes va Islom To‘xtaxo‘jayevlargina hujumda yordam berishlari mumkin, faqat standart vaziyatlarda. Buning o‘zi kamlik qiladi, nazarimizda.

Boshqa variant ham mavjud, ya’ni yuqorida ta’kidlaganimizdek, himoya-dan tezkor qarshi hujumga o‘tish taktikasi. Hozir termada Odil Ahmedov, Sardor Rashidov, Marat Bikmayev singari tajribali, Osiyoni zabt etgan Doston Tursunov, Odil Hamrobekov, Doston Hamdamov kabi shijoatli futbolchilarimiz ham o‘rin egallashgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Kuper amaki shu taktikadan ham foydalansa, bu ijobiy natijaga erishishda «shoh yurishi» bo‘la olardi. Mazkur holatda asosiy mas’uliyat tajribali futbolchilar chekiga tushadi, chunki termamiz sardori Odil Ahmedov markazdan, Sardor Rashidov esa qanotdan hujumlarni bemalol tashkil eta oladilar. Hujumning yakuniga Marat Bikmayev mohirona nuqta qo‘ysa, kutgan natijaga erishishimiz mumkin. Zaxira kuchi sifatida yoshlardan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi, ularga bu uslub begona emas. Chunki Xitoyda o‘tgan qit’a birinchiligida ular ham shu uslubda o‘ynab, muvaffaqiyatga erishishgandi. Doston Hamdamov, Javohir Siddiqovlar qarshi hujumlarda qanday o‘ynash kerakligini yaxshi bilishadi. Faqat bu safar hal qiluvchi pallalarda bosh murabbiy va maydondagi yetakchilar ularga ko‘mak berishsa, bas.

Oddiy misol, Qatarda o‘tgan 2011 yilgi Osiyo kubogida bosh murabbiy Vadim Abramov ham shunday o‘yin uslubini tanlab, tarkibda Maksim Shaskix, Server Jeparov, Aleksandr Geynrixlar bilan birga Sanjar Tursunov, Odil Ahmedov singari yoshlarga imkon bergandi. Natijasi esa o‘zingizga ma’lum. Biz hali ham Ahmedovning himoyachi sifatida urgan shedevr gollari-yu, Sanjarning ajoyib o‘yinlarini yuzda tabassum bilan eslaymiz.

Ektor Kuper haqiqatan himoyaviy uslubdan foydalansa, mana shu jihatlarni e’tiborga olishi lozim. Chunki bu tajribadan o‘tgan va ma’lum darajada foyda berganini alohida aytib o‘tish joiz. Himoya bilan bir qatorda, qarshi hujum taktikasi ko‘plab jamoalarda foyda keltirayotgan bir sharoitda milliy termamiz ham shu uslubdan foydalansa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Chunki barchamiz termamiz ishtirokidagi tezkor o‘yinlarga anchadan beri guvoh bo‘lmayapmiz. Bosh jamoamiz Amirlik davlatida shunday o‘yin namoyish qilib, bizni xushnud etishidan umidvormiz!

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 07:53, 24.12.2018.
O'qildi: 3486 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.