Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton
01/10 13:00 Sentrel Kost 1-2 Buriram Yunayted
01/10 15:00 Kavasaki Frontale 0-1 Kvangju
01/10 15:00 Poxang Stilers 3-0 Shangxay Port
01/10 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Shanghai Shenhua
01/10 21:00 Sepohon 4-0 Istiqlol Dushanbe
01/10 21:00 Sharja 2-2 Al-Vihdat
01/10 21:45 Zalsburg 0-4 Brest
01/10 21:45 Shtutgart 1-1 Sparta
01/10 23:00 Al-Hilol 5-0 Ash-Shorta
01/10 23:00 Al-G‘arafa 4-2 Al-Ayn
01/10 23:59 Arsenal 2-0 PSJ
01/10 23:59 Bayer 1-0 Milan
01/10 23:59 Borussiya D 7-1 Seltik
01/10 23:59 Barselona 5-0 Yang Boyz
01/10 23:59 Inter 4-0 Srvena Zvezda
01/10 23:59 PSV 1-1 Sporting
01/10 23:59 Slovan 0-4 Manchester Siti

Koman fenomen, ammo 22 yoshda faoliyatini yakunlashga tayyor

Koman fenomen, ammo 22 yoshda faoliyatini yakunlashga tayyor

Baho:
+ | -

Afsuski, shunday. Ushbu futbolchining oyog‘idagi jarohat ko‘ngildagidek to‘p surishiga imkon bermayapti. Kingsli Komanning faoliyati top-klublarda o‘tmoqda. U «PSJ» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, hattoki parijliklar asosiy jamoasida uchta o‘yin o‘tkazgan. So‘ngra tekinga «Yuventus»ga o‘tib, aynan Turinda top-futbolchi darajasiga ko‘tarildi va «Bavariya» e’tiborini o‘ziga qaratdi.

Hozir Kingslining narxi 50 million yevroga baholanmoqda. Qizig‘i, u har qaysi jamoasida milliy chempionat g‘olibligini nishonlashga ulgurgan: «PSJ» bilan ikki marta, «Yuventus» libosida bir marta va «Bavariya»da uch marta.

Yagona muammo - Komanning jarohatlarga moyilligi. Ayniqsa, 2018 yil uning uchun o‘ta noxush keldi. Avvalgi mavsum fevraldayoq poyoniga yetgan, Kingslining boldir suyagi jiddiy shikastlangandi. Shu tariqa u jahon chempionatidan chetda qoldi, avgustda esa to‘pig‘idan lat yedi. «Operasiyalar jonimga tegdi. Agar oyog‘im futbol o‘ynash uchun yaramasa, demak, taqdir shu ekan. Vaziyat taqozo etsa, faoliyatimni yakunlayman», - dedi Koman TF1 kanaliga bergan intervyusida. Uning oyog‘i hozirgacha ikki marta operasiya qilindi.

22 yoshli futbolchining «Bavariya» bilan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi. Ayni paytga qadar uning faoliyatida ko‘plab quvonchli lahzalar bo‘lgan.

* Kingsli Koman - Yevro-2016ning eng tezkor futbolchisi. Shveysariyaga qarshi bahsda uning tezligi 32,8 km.soatni tashkil etdi. E’tiborlisi, u Germaniyada bundan ham yuqori tezlikni namoyish qilgandi. O‘sha turnirda Koman yana bir o‘ziga xos maqomga ega bo‘lgandi: Yevroda Fransiyadan qatnashgan eng navqiron (19 yoshu 362 kunlik) futbolchi sifatida qayd etilgan.

* Koman sog‘lig‘ini jiddiy nazorat qiladi, zararli yeguliklardan o‘zini tiyadi. «Asosiy e’tiborim to‘g‘ri ovqatlanishga qaratilgan: gazlangan ichimliklar ichmayman, asosan sabzavotlar yeyman. Kunduz payti, albatta biroz uxlab olaman. Bu kabi detallar jismoniy holatga ta’sir ko‘rsatadi», - degandi Koman «Bavariya» bilan to‘laqonli shartnoma imzolashidan avval. Ammo ko‘rinib turibdiki, oyoqlarini qanday asrash kerakligini hali-hamon aniqlab olmagan, chog‘i.

* Londonning «Arsenal» klubi anchadan buyon Komanni o‘z safiga qo‘shib olishga intilmoqda. «Bavariya» Kingslini «Yuventus»dan ijaraga olganda, u deyarli tarkibga kirolmadi. Dastlab yarim himoyachi jamoasini almashtirish payiga tushib qolgandi, ammo yorqin kelajak umidida «Bavariya»da qolishga ko‘ndi. Qahramonimiz jamoadoshlari bilan yaxshi munosabatda, joriy yilning yozida esa yana bir bor «Arsenal» taklifiga rad javobini berdi. Bu yerda gap 50 million yevro haqida borayotgandi.

Kingsli Koman haqida yangragan yagona noxush xabar 2017 yilning yoziga to‘g‘ri kelgandi. Uning sobiq qallig‘i polisiyaga murojaat etib, futbolchini nomusiga tekkanlikda ayblagandi. Jarayon unchalik dahshatli tus olmadi: qiz Komanning ijozatisiz uning «Instagram»dagi sahifasiga reklama xabari joylagach, mojaro vujudga kelgan. Kingsli polisiyaning barcha talablarini bajarib, jiddiy jazodan qutulib qoldi. Hozirda qahramonimizning «Instagram»ida faqat futbolga aloqador ma’lumotlar bor, xolos. «Bavariya»da unga qattiq ishonishadi, chunki Kingsli yashil maydonda ko‘p narsaga qodir. Buni uning o‘yinini tomosha qilganlar juda yaxshi bilishadi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 04:58, 25.12.2018.
O'qildi: 4371 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.