Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Moziy yulduzlarininig transfer narxi hozir necha pulni tashkil etgan bo‘lar edi?

Moziy yulduzlarininig transfer narxi hozir necha pulni tashkil etgan bo‘lar edi?

Baho:
+ | -

Yaqinda Yevropa nashrlaridan biri Krishtiyanu Ranalduninig «Manchester Yunayted»dan «Real Madrid»ga transfer summasini bugungi kunda necha pulni tashkil etishini ayrim formulalar orqali hisoblab bergan edi.

Iqtisoddan xabari bor inson inflyasiya nima ekanini juda yaxshi biladi. Tasavvuringiz uchun hayotiy bir misol. Biz o‘zimiz yashaydigan ko‘p qavatli uyning bitta kvartirasini bundan 20 yil avval 3000 AQSH dollariga xarid qilgandik. Hozirda shu uyninig bozordagi qiymati deyarli 10 barabor ko‘tarilgan. Sababi pulninig infliyasiyasi. Soddaroq tushuntrsak, bugun biz oltin, neft, ko‘chmas mulk va shunga o‘xshash narsalarning dollarga nisbatini olamiz va o‘sha yildagi shu narsalarninig dollarga nisbatiga bo‘lib yuboramiz. Chiqqan javobni esa futbolchining transfer summasiga ko‘paytiramiz. Shunda moziy yulduzlarining hozirgi kundagi narxi qancha bo‘lishi mumkinligini taxminan bilib olamiz. Ha, aytgancha, bu uslubni «La Gazetta Dela Sport» nashri yaratgan formulaga solgan holda o‘zimiz hisoblab ko‘ramiz, lekin hammasi haqqoniy va matematik uslubda aniqlanadi. So‘nggi so‘z o‘rnida shuni aytamiz, Ronalduninig 96 million yevroga «Real» tomonidan xarid qilinishi hozirgi kunda naq 200 million yevroga aylanar edi.

Andrey Shevchenko. 2006 yil

«Milan»dan – «Chelsi»ga. 43.4 million dollar

Hozirgi kunda yuqorida keltirib o‘tgan formulamizga binoan Shevaninig narxi 124.3 million dollarni tashkil etar edi. O‘sha paytlari hech qaysi jamoa bitta o‘yinchi uchun buncha summa taklif eta olmasdi. Shevaninig narxi hozirda Lukakuninig narxi bilan teng bo‘lar edi. Oltin to‘p sovrini g‘olibi va Yevropaninig eng yaxshi o‘yinchisi uchun normal narx.

Figu. 2000 yil

«Barselona»dan - «Real Madrid»ga. 60 million dollar

O‘ziga yarasha janjallarga sabab bo‘lgan bu transfer bizning hisob-kitoblarga ko‘ra bugungi kunda naq 160 millionga aylangan bo‘lar edi. Bunday yarim himoyachilar hozirda ham shunday baholanadi. Masalan, Koutinyoning transfermarketdagi narxi aynan shuncha.

Yoxan Kroyf. 1973 yil
«Ayaks»dan – «Barselona»ga. 2 million dollar

Ko‘zingizga kamgina bo‘lib ko‘ringan summa bizninig hisob-kitoblarga ko‘ra naq 401.2 million dollarni tashkil etadi. Yetmishinchi yillardagi narx–navoni yaxshi biladiganlar eslashsa, bu summa kosmik narx deb belgilangandi. Kroyf «Ayaks» bilan bir necha bor mamlakat chempioni va 3 bor UYEFA kubogida g‘olib bo‘lgan, ikki marotaba «Oltin to‘p» sovrini egasi edi. Hozir taxminan Messining transfer summasi shunchaga baholanadi. Kroyf ham o‘z davrinnig Messisi edi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Maradona. 1984 yil

«Barselona»dan – «Napoli»ga. 13 million dollar

Bu transfer neapolliklar uchun oltin davrlarni olib kelgan edi. "Napoli" o‘sha paytlari hamma turnirlarda g‘olib bo‘lgan, hatto yevrokuboklarda ham zafar quchgandi. 1984 yildagi 13 million dollar hozirgi kunda naq 445 million dollarga teng kelar ekan. Keling, insof bilan aytaylik, Argentinani yelkasida ko‘targancha mundial g‘olibligigacha olib chiqqan, «Napoli»dek o‘rtamiyona klubni top-jamoaga aylantira olgan futbolchi bundan kamiga baholanishi mumkinmi?! Hozirda birorta futbolchi 445 millionga baholanmaydi. Sababi oddiy Maradonna futboldan ketgan va boshqa qaytmaydi.

YA.U.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:51, 26.12.2018.
O'qildi: 13751 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.