Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

O‘zbekiston klublari tarixidan – «Navbahor»

O‘zbekiston klublari tarixidan – «Navbahor»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Navbahor” futbol klubi 1978 yili tashkil topgan. Jamoa dastlab “Tekstilshik” nomi bilan sobiq ittifoq chempionatida ishtirok etgan. 1980 yilga kelib “Tekstilshik” nomi “Navbahor”ga o‘zgartirilgan. Shuningdek, jamoa 1984 – 1987 yillar oralig‘ida “Avtomobilist” nomi ostida ham to‘p surgan.

“Navbahor” 1992 yildan boshlab o‘tkazib kelinayotgan milliy chempionatimiz bahslarida muntazam ravishda qatnashib kelmoqda. "Lochinlar" jamoasi yuqori diviziondan hali pastga tushib ketmagan ikkita klubdan biri sanaladi. 

1992 yilda chempionatda beshinchi o‘rinni egallagan “Navbahor”, O‘zbekiston tarixidagi birinchi mamlakat Kubogini qo‘lga kiritgan. 1993, 1994 va 1995 yillari chempionatning bronza medallari sohibi bo‘lgan. 1993 yil Kubok finaligacha borgan “Navbahor”, 1995 yili o‘zining ikkinchi Kubogiga ega chiqqan. 1996 yil Namangan klubi birinchi va hozirgacha ohirgi bo‘lib turgan chempionlikka erishgan. Keyingi uch mavsumda ketma-ket uch marta bronza medallarini yutgan. 1998 yili esa o‘zining uchinchi Kubogiga ega chiqqan. 1999 yili O‘zbekiston Superkubogining birinchi sohibiga aylangan.

Jamoa o‘sha yillari xalqaro maydonda ham yomon natijalar qayd etmagan. Osiyo kubok egalari kubogida 1999/2000 mavsumda yarim finalgacha borgan va Eronning “Al-Zavraa” jamoasiga imkoniyatni boy bergan.

2000, 2001 va 2002 yillarda “Navbahor” chempionatni medallarsiz tugatgan. 2003  va 2004 yillari esa yana bronza medallarini yutishga erishgan. 2005 yildan boshlab klubda biroz turg‘unlik kuzatildi. Keyinchalik “Navbahor”ning eng katta yutug‘i 2017 yildagi beshinchi o‘rin bo‘ldi. Oradan 14 yil o‘tgach esa, 2018 yil O‘zbekiston Superligasi yakunlariga ko‘ra jamoa uchinchi o‘rinni egallab, yana bir bora bronza medaliga sohibiga aylandi.

Erishgan natijalari

O‘zbekiston chempioni (1996)

9 karra O‘zbekiston chempionati bronza medali sohibi (1993-1995, 1997-1999, 2003, 2004, 2018)

3 karra O‘zbekiston Kubogi sohibi (1992, 1995, 1998)

O‘zbekiston Superkubogi sohibi (1999)

Jamoa tarkibida to‘p surgan mashhur futbolchilar

Amet Memet

Oleg Mirniy

Oleg Shaskix

Server Jeparov

Gennadiy Denisov

Azamat Abduraimov

Farhod Magometov

Georgiy Zabirov

Rustam Zabirov

Rustam Do‘rmonov

Jafar Irismetov

Ilhom Mo‘minjonov

Ravshan Bozorov

Marat Kabayev

Fevzi Davletov

Hayrulla Karimov

Ilxom Sharipov

Leonid Koshelev

Aleksandr Xvostunov

Guvanchmuhammed Ovekov

Pavel Leus

Jamoani boshqargan mashhur murabbiylar

Birodar Abduraimov

Viktor Jalilov

Rahim Kurbanmamedov

Rustam Zabirov

Baxtiyor Ashurmatov

Rashid G‘ofurov

Ilhom Mo‘minjonov 

Andrey Kanchelskis

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 20:19, 26.12.2018.
O'qildi: 3385 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.