Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Golden Boy» sovrinining omadsiz g‘oliblari

«Golden Boy» sovrinining omadsiz g‘oliblari

Baho:
+ | -

Har yili mavsumninig eng zo‘r yosh futbolchisi uchun beriladigan «Golden Boy» sovrini g‘oliblari (Messi, Runi, Aguero, Pogba) hozir dunyoni hayratga solishda davom etishmoqda, lekin shunday o‘yinchilar borki, ular bu sovrindan so‘ng o‘z karyerasida deyarli hech qanday yutuqqa erisha olishmagan. Bugun shunday futbolchilar haqida qisqacha.

Rafael Van Der Vart

Gollandiyalik vunderkind «Ayaks» jamoasidagi ajoyib o‘yinlaridan so‘ng 2003-yilda «Golden Boy» sovrini g‘olibiga aylanadi. Uning atrofida bir nechta top klublar o‘ralashib qoladi. Rafael esa hammani hayratda qoldirib «Gamburg» jamoasiga o‘tib ketadi. Oradan ikki yil o‘tib u «qirollik klubi» safiga qo‘shiladi. «Real Madrid»dagi omadsiz mavsumlardan so‘ng futbolchi «Tottenhem» jamoasiga transfer qilinadi va shu yerda biroz o‘zini ko‘rsatgandek bo‘ladi. Afsuski, uning potensiali bundan ancha ko‘proqqa yetar edi. U katta futbolda «katta» sovrinlar yuta olmadi.

Anderson

«Manchester Yunayted» futbolchisi «Golden Boy» sovrinining 2008-yildagi sohibi hisoblanadi. Uni yangi Ronaldinyo deya umid qilishgandi. Anderson uchun Fergi bobo 31.500 million yevroni «Portu»ga «qurtdek» sanab berdi.  Afsuski, bu transfer o‘zini umuman oqlamadi. Anderson ortiqcha vazn muammosi bilan o‘ralashib qoladi va buni bartaraf eta olmaydi. «Qizil iblislar» safida 8 mavsum o‘tkazgach, yurtiga qaytib ketadi. Eng achinarlisi shundaki, hozirda u Braziliyaninig 2-ligasida "javlon urmoqda".

Renatu Sanches

Renatu Sanches «Benfika» jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U chinakamiga 2016-yildagi Yevropa chempionatida o‘zini ko‘rsata oldi. Bundan tashqari, u «Benfika» bilan ajoyib mavsumni o‘tkazgan edi. Renatu haqli ravishda 2016-yilda «Golden Boy» sovrini g‘olibi bo‘ladi. Keyin esa uni «Bavariya» 35 million yevroga xarid qiladi. Afsuski, Sanches jamoaga ko‘nikib keta olmaydi. Yoshligi sababmi, yo boshqa omillar ta’sirida «Bavariya»da yo‘qolib qoladi. Keyinchalik esa «Suonsi» jamoasiga ijaraga jo‘natilishi ham unga hech qanday yordam bermaydi. Hozirda Renatu allaqachon grand klublar e’tiboridan tashqarida.

Mario Balotelli

«Golden Boy» sovrinining 2010-yildagi g‘olibi hammamizga yaxshi tanish desak, adashmagan bo‘lamiz. Bu yigitni hurmacha qiliqlarini hammamiz yaxshi bilamiz. U «tilla bola» sovrinini yutgan paytlari haqiqatan ham juda iqtidorli edi. Termadagi o‘yinlari ham joyida ketayotgandi. Undan talab qilinayotgan narsa shunchaki shu tempni ushlab qolish edi. Afsuski, 21-asrninig eng iqtidorli futbolchilaridan biri o‘z iqtidorini qurbon qilib yubordi. Hozirda «Nissa» jamoasida to‘p tepayotgan qahramonimiz hademay 29 yoshga to‘ladi. Agar o‘z xarakterini yenga olganida hammasi boshqacha bo‘larmidi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:47, 27.12.2018.
O'qildi: 9022 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.