Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Umid Ahmadjonov: «Prezidentimizning yonlarida turib, xalqimiz ishonchini oqlaymiz»

Umid Ahmadjonov: «Prezidentimizning yonlarida turib, xalqimiz ishonchini oqlaymiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Kecha, 26 dekabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh Assambleyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Assambleya davomida tashkilotning 2018 yilgi faoliyati bo‘yicha MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov hisoboti tinglandi.

2020 yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun Qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan Strategiya yuzasidan MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov ma’lumot berdi. Shuningdek, MOQ vise-prezidentlari, Ijroiya qo‘mitasi va Bosh Assambleyasi, taftish komissiyasi a’zolarini saylash va boshqa masalalar muhokama etildi.

Assambleya davomida Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov so‘zga chiqar ekan, tashkilotning bugungi kundagi eng asosiy vazifasi Tokio 2020 Olimpiadasida munosib ishtirok etish, har jabhada natijalarni yaxshilash ekanligini aytib o‘tdi.

“MOQ Ijroqo‘midan har bir sport federasiya rahbarlari, vakillari o‘rin oldi. Bundan maqsad barcha bilan hamjihatlikda, bir oila bo‘lib ishlashdir. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari bo‘yicha muhtaram Prezidentimiz tomonidan katta topshiriqlar berilgan.

Kunchiqar yurt mezbonlik qiladigan Olimpiadada Riodagi musobaqada qayd etilgan ko‘rsatkichni yaxshilashimiz lozim. Biz Prezidentimizning yonlarida turib, xalqimiz ishonchini oqlaymiz va nasib qilsa, Tokiodan yorug‘ yuz bilan qaytamiz”, – dedi MOQ rahbari Umid Ahmadjonov.

Manba: Stadion
Kiritildi: 20:57, 27.12.2018.
O'qildi: 4603 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик