Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘zbekiston MTJning yangi libosi bo‘yicha bayonot

O‘zbekiston MTJning yangi libosi bo‘yicha bayonot

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Germaniyaning Jako kompaniyasi tomonidan tayyorlangan liboslarda Osiyo Kubogida ishtirok etadi. 27 dekbar kuni ushbu liboslarning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi va futbol muxlislari va jurnalistlarga milliy terma jamoaning yangi liboslari namoyish qilindi.
 
Taqdimot marosimidan keyin ba’zi muxlislar va jurnalistlarda yangi liboslarga nisbatan tanqidiy fikrlar paydo bo‘ldi. Milliy terma jamoaning Jako kompaniyasi tomonidan taqdim qilingan liboslarining dizayni go‘yoki oddiy bo‘lib, terma jamoamizga mos emasligi aytib o‘tilmoqda. Ba’zi ommaviy axborot vositalari xodimlari ushbu liboslarning sifatini pastga uruvchi materiallar ham e’lon qilishdi. Bu esa “olovga sepilgan moy” kabi muxlislarning O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga bo‘lgan fikrlarini salbiy tomonga burishga qilingan harakat hisoblanadi.
 
Muxlislarga quyidagi murojaatni yo‘llamoqchimiz: “O‘zbekiston milliy terma jamoasi katta musobaqa ostonasida turibdi. Futbolchilarimiz yangi murabbiy qo‘lostida sentyabr oyidan beri mashg‘ulotlar olib borishmoqda, bir qator o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishdi. Yangi murabbiyning falsafasini asta sekin o‘zlashtirib borishyapti. Osiyo Kubogi juda katta maydon. Mana shu maydonda munosib harakat qilib, O‘zbekiston nomini yuksaklarga ko‘tarish uchun juda ko‘plab insonlar tomonidan katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda. Muhimi musobaqaga tayyorgarlik reja asosida olib borildi. Qilingan mehnatning samarasini ko‘radigan payt yaqinlashib qoldi. Shunday vaziyatda turli salbiy fikrlar bilan umumiy kayfiyatni tushirmay, birgalikda terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaylik. Biz Osiyo Kubogida terma jamoamizdan ijobiy natija kutayotgan ekanmiz, bunga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak. Milliy terma jamoa liboslari mashhur kompaniya tomonidan yuqori sifatli matolardan tayyorlangan bo‘lib, eng muhimi bu liboslar maydonda to‘p surish, har qanday ob-havo sharoitida mashg‘ulotlar o‘tkazish qulay. Terma jamoa a’zolari modalar namoyishiga emas, Vatan sha’ni uchun kurashishga yo‘l olishmoqda. Shunday vaziyatda “tirnoq ostidan kir qidirmay”, birgalikda yigitlarimizni, terma jamoamizni, umuman, o‘zbek futbolini qo‘llab-quvvatlab turaylik! Bir-birimizni aybimizni qidirib, mazax qilib, o‘zimizni o‘zimiz yerga urish bilan futbolimiz rivojiga hissa qo‘sha olmaymiz!  Biz xalqaro maydonlarda yuqori natijalar ko‘rsatib, katta g‘alabalarga erishish uchun birlashishimiz, bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilishimiz zarur!
 
Jurnalistlarga murojaat: “Bugungi zamonda zamonaviy jurnalistika, ayniqsa, internet jurnalistika nihoyatda rivojlanib, auditoriya uchun raqobat kuchayib ketdi. Auditoriya – bu internet jurnalistikada asosiy daromad manbai hisoblanadi. Qancha ko‘p o‘quvchi saytga tashrif buyursa, shu saytda beriladigan reklama narxi shuncha oshadi. Shu sababli auditoriya uchun kurash qattiq kechib, o‘quvchilarni jalb qilish uchun saytlar hamma narsaga tayyor bo‘lishmoqda. Ijobiy fikrlar bildirilgan maqolalardan ko‘ra, muxlislarni tanqidiy ruhdagi materiallar ko‘proq jalb qilishi hammaga ma’lum. Ammo buni suiste’mol qilib, o‘quvchilar tashrifini oshirish maqsadida asossiz xabarlar, faqatgina “loy chaplash”dan iborat materiallar berib, muxlislar sonini oshirishga bo‘lgan harakat noto‘g‘ri, bizningcha. Internet saytlar tezkor axborot va tahliliy materiallar bilan auditoriyani o‘ziga jalb qilishi zarur. Muhim musobaqalar, Vatan sha’ni himoya qilinadigan katta turnirlar oldidan umumiy kayfiyatni salbiy tomonga buradigan, biror tashkilot obro‘sini tushirishga, muxlislarda o‘sha tashkilotga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini tug‘dirishga qaratilgan materiallarni chop etish va bu orqali faqat sayt manfaatini ko‘zlash professional jurnalistlarga mos kelmaydigan ish. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yurtimizdagi ommaviy axborot vositalaridan Osiyo Kubogi davomida milliy terma jamoamizni ruhlantiradigan, ularni katta g‘alabalar sari undaydigan materiallar, maqola va reportajlar chop etib, terma jamoamiz g‘alabalariga hissa qo‘shib borishni so‘rab qoladi!”

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 07:50, 29.12.2018.
O'qildi: 7227 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.