Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Ishsiz qolib ketgan super murabbiylar! (1-qism)

Ishsiz qolib ketgan super murabbiylar! (1-qism)

Baho:
+1 | -

Zamonaviy futbolda ishsiz qolib ketayotgan murabbiylar kamdan-kam uchraydigan holat. Har qanday klub yoki terma yaxshi murabbiyga muhtoj, lekin shunday top-murabbiylar ham borki, ular hozirda ishsiz.

Antonio Konte

 

«Chelsi» va «Yuventus»dagi super mavsumlardan so‘ng bu murabbiyning ishsiz qolib ketishiga ishonish qiyin. U bir oyog‘i bilan «Real Madrid» bosh murabbiyi etib tayinlangandi ham, lekin oxirgi soniyalarda qandaydir kelishmovchiliklar evaziga bu ish amalga oshmay qoldi va «Qirollik klubi» rahbariyati Solariga imkoniyat berdi. Konte o‘zining taktik futboli bilan istalgan klubni kuchaytira oladi desak, adashmagan bo‘lamiz. Hozirda Konte va «Roma» jamoalari o‘zaro shartnoma imzolashga yaqin turibdi, deya yozmoqda «Le Gazetta della Sport» nashri.

Leonardu Jardim

«Monako»ning 44 yoshli sobiq ustozi hozirda ishsiz. Bunga ishonish qiyin, aslida, shunday. Dunyo futboliga 10 ga yaqin yulduzlarni yetkazib bergan Jardim rahbariyatning pulga bo‘lgan ehtiyoji qurboniga aylandi. Qatorasiga ikki mavsum deyarli butun jamoani sotib yuborgan «Monako» klubi mutasaddilari Jardimga ishlashga imkon qoldirishmadi. Yoshlar bilan ishlashni juda yaxshi biladigan iqtidorli murabbiyga talablar ko‘p, ammo Jardim kattaroq klubdan taklif kutayotganini yashirmayapti. Ingliz nashrlari allaqachon uni «Sautgempton» klubining yangi murabbiyi, deb e’lon qilib yuborishgan bo‘lsa-da, hozircha Jardim ishsiz.

Arsen Venger

Misye Venger uzoq yil «Arsenal» jamoasi postida o‘tirgan bo‘lsa-da, o‘z imidjini tushirib yubormadi. Unga takliflar yog‘ilib kelmoqda. U avvaliga APL jamoalarining bir nechtasiga yo‘q deya javob bergan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Yaponiya terma jamoasidan tushgan taklifga ham shunday javob qaytardi. Biroz o‘tib uni ham «Real» bosh murabbiyi bo‘lishi haqidagi gaplar urchib ketdi. Hozirda esa OAV uni «Bavariya» postiga eng loyiq murabbiy deb e’lon qilmoqda. «Bavariya» sport direktori Hasan Salihamidjich Venger haqidagi savollarga javob berishdan bosh tortganini hisobga olsak, hademay «Bavariya» jamoasi Niko Kovachninig javobini berib yuborar. Yana kim biladi deysiz?!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: m.stadion.uz
Kiritildi: 09:12, 30.12.2018.
O'qildi: 9029 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик