Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Manchester Yunayted» super klubga aylanishi uchun, kimlar ketib, kimlar kelishi kerak?

«Manchester Yunayted» super klubga aylanishi uchun, kimlar ketib, kimlar kelishi kerak?

Baho:
+ | -

Yangi yilning birinchi kunidan boshlab qishki transferlar bozori ochiladi.

Ushbu qisqa davr oralig‘ida futbolchilar o‘z jamoalarini o‘zgartira olishadi, jamoalar saflariga o‘zlari istagan futbolchilarni qo‘shib olishlari mumkin.

Transferlar oynasi ochilgan vaqtda “Manchester Yunayted”dan ketish ehtimoli katta bo‘lgan futbolchilar haqida gaplashamiz.

Joze Mourinyo iste’foga chiqarilganidan so‘ng, ko‘plab futbolchilar jamoada qolishni istab qolishdi.

Lekin, shunday bo‘lsada jamoasini o‘zgartirishga qarshilik bildirmaydigan futbolchilar yo‘q emas.

 Aleksis Sanches

Ushbu futbolchi “Arsenal”dan “MYU”ga kelganida barcha uni  haqiqiy “7” raqamga mos keladigan hujumchi deya taxmin qilgandi. Biroq, uning fe’l-atvori barchasini o‘zgartirib yubordi. Avvaliga Mourinyo, keyinchalik jamoadoshlari bilan murosa qilolmagan chililik futbolchi bora-bora asosiy tarkibdagi o‘rnini boshqa futbolchiga topshirib qo‘ydi.

Shubhasiz, Sanches qishda jamoasini o‘zgartiradi, chunki unga ko‘plab grand klublar qiziqish bildirmoqda. Shunday takliflar kelib turganda, u zahira o‘rindig‘ini tanlamasa kerak.

Sanchesga qiziqish bildirayotgan klublar: PSJ, “Real”, “Milan”, “Inter”.

Ketish ehtimoli: PSJ

Markos Roxo 

Bu futbolchini jarohatlar sindirdi desak adashmagan bo‘lamiz. Kelajagi porloq argentinalik himoyachini o‘z vaqtida Devid Moyes jamoaga olib kelgan edi. Shu vaqt ichida Roxo asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida o‘ynab keldi. Ammo jarohatlar uning ravnaqiga halaqit berdi. Ketma-ket o‘yinlarda o‘zini ko‘rsata olmaganidan keyin. Joze Mourinyo uning o‘rnini ko‘rsatib qo‘ydi, hozirda futbolchining sport formasi yaxshi emas. Qolaversa, uning o‘ziga kelib olishi uchun ham imkoniyat yo‘q. Shuning uchun, qishda Roxo jamoasini o‘zgartirsa ajabmas.

Roxoga qiziqish bildirayotgan klublar: “Everton”, “Vulverxempton”.

Ketish ehtimoli: “Vulverxempton”.

   Matteo Darmian

Onda-sonda asosiy tarkibda maydonga tushadigan italiyalik himoyachini hafsali pir bo‘lgan bo‘lsa, ajabmas. Mankunianliklar safiga 2015 yil qo‘shilgan bo‘lsa-da futbolchi hali ro‘zi-ro‘shnolik ko‘rgani yo‘q. Og‘ir jarohatlar futbolchini ruhiyati ta’sir qilgani bois u doim asosiy tarkibdan chetda qoladi.

Shuning uchun, Darmian faoliyatini APLda davom ettira olmay, qishda “MYU”ni tark etadi.

Darmianga qiziqish bildirayotgan jamoalar: “Yuventus”, “Milan”, “Inter”, “Roma”.

Ketish ehtimoli: “Milan”.

 Erik Bayi

Ushbu futbolchi ham yangi “MYU”ga keragi qolmagan ko‘rinadi. Garchi, asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lsa-da kot-d’ivuarlik futbolchi oxirgi vaqtlarda faqat zarar olib kelyapti. Jarohatidan endi forig‘ bo‘lgan Bayi himoyada keskin xatolarga yo‘l qo‘yotgani murabbiylar shtabiga yoqmayapti. Shuning uchun, qishki transferlar vaqtida rahbariyat Bayidan qutulish payida bo‘lishi aniq.

Bayiga qiziqish bildirayotgan klublar: PSJ, “Milan”, “Valensiya”

Ketish ehtimoli: Milan

Xuan Mata

Ispaniyalik tajribali yarim himoyachi joriy mavsum “MYU”ning joniga juda ko‘p marotaba oro kirdi. Xattoki Mourinyoni iste’fodan saqlab qolgan edi (“Nyukasl”ga qarshi o‘yin 3:2). 30 yoshli futbolchi hozirda zahira o‘yinchisiga aylani qolgan va umuman jamoadagi o‘rnidan norozi bo‘lmoqda. Mata ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda. Agarda uning talabi bajarilmasa u ham qishda jamodonini yig‘ishtirishiga to‘g‘ri keladi.

Mataga qiziqish bildirayotgan klublar: “Real”, “Valensiya”

Ketish ehtimoli: Noma’lum.

Ander Errera

Yana bir zahira o‘rindig‘ida “mixlanib” qolgan ispaniyalik iqtidor sohibi. Qishda jamoasini o‘zgartirish ehtimoli boshqalarga qarganda yuqoriroq. U hech narsadan nolimaydi. Biroq, vatan sog‘inchi tufayli u Ispaniyaga qaytishga qarshilik bildirmaydi.

Ketish ehtimoli: “Atletik Bilbao”

“MYU”ga kelish ehtimoli yuqori bo‘lgan futbolchilar.

Duglas Kosta (“Yuventus”)

Turinda ishi yurishmayotgan braziliyalik futbolchi “qizil iblislar”ning hujum chizig‘ini kuchaytirib berishi kutilmoqda. Individual mahorati yuqori bo‘lgan hujumchini “keksa sinyora” osonlikcha qo‘yib yubormaydi. Lekin, “MYU” qishda ushbu futbolchini qo‘lga kiritish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishi aniq.

Transferning taxminiy narxi: 80 mln yevro

Toni Kroos (“Real”)

Mankunianliklar qishda yana bir katta transferga qishda urishlari mumkin.  Joze Mourinyo ham ushbu futbolchiga qiziqishi yuqori edi. Uning tajribasi va aqlli harakatlari portugaliyalik mutaxassisni hayratda qoldirgan bo‘lsa ajabmas. Hozirda Kroos ko‘pincha zahirada qolib uning o‘rniga Dani Sebalyos o‘ynayapti. Toni o‘zini kuchini sinab APLda sinab ko‘rish ehtimoli bor. “Manchester Yunayted” esa uning darajasiga mos tushadigan klub desa bo‘ladi.

Transferning taxminiy narxi: 95 mln yevro

Kostas Manolas (“Roma”)

Manolas “Manchester Yunayted”ga eng kerak bo‘lgan futbolchilardan biri. Chunki, “qizil iblislar”ning himoya chizig‘i hali-hanuz oqsagan. O‘rtamiyona klublar ham bemalol himoya qo‘rg‘onini buzib kira oladi. Shuning uchun, rahbariyat gresiyalik futbolchini birinchi bo‘lib o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.  Qolaversa, “Roma”ning chempionatda ishlari yaxshi emas “bo‘rilar” rahbariyati ham ushbu futbolchini qo‘yib yuborishga qarshi emas.

Transferning taxminiy narxi: 35 mln yevro

Nikolya Pepe (“Lil”)

“Lil”da o‘ynab yurgan ushbu yigitcha “qizil iblislar”ning qiziqish doirasiga tushib qoldi. Pepe sermahsullik bobida faqatgina Mbappedan ortda qolmoqda uning statistikasi uning kelajagi porloq ekanligidan dalolat beradi. Ushbu futbolchiga nafaqat “MYU” balki, boshqa grand klublardan taklif kelmoqda. Biroq, mankunianliklar Nikolyani ko‘proq qo‘lga kiritishni istamoqda.

Transferning taxminiy narxi: 80 mln yevro

Eder Militao (“Portu”)

Manchester Yunayted” ham “Real” kabi ushbu futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Mankunianliklarni himoya chizig‘ida muammolar talaygina. Shuning uchun, rahbariyat yangi iqtidorlarni izlash payiga o‘tdi. Shulardan biri, Militao 20 yoshli himoyachi o‘zining havodagi kurashlari bilan, qat’iyatli o‘yini bilan skautlarni nazariga tushib qolgan.

Aynan, qishda “MYU” ushbu futbolchini jamoaga olib kelishni rejalashtirib qo‘ygan. “Portu” ham ushbu futbolchini mo‘maygina pulga pulashga qarshi emas.

Transferning taxminiy narxi: 40 mln yevro 

Abror Eshonxonov

Manba: Stadion
Kiritildi: 11:28, 01.01.2019.
O'qildi: 19159 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.