Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Shahboz Jumaboyev: «Cobalt»ni olib, o‘zimdan yulduz yasab olmadim»

Shahboz Jumaboyev: «Cobalt»ni olib, o‘zimdan yulduz yasab olmadim»

Baho:
+ | -

Avvalroq, stadion.uz internet nashri orqali “Andijon” klubining o‘tgan mavsumdagi goleadori Shahboz Jumaboyev jamoaning 20 dekabr kungi yig‘iniga kelmaganligi, qo‘li og‘riyayotganini bahona qilib, mini futbol o‘ynab yurgani haqida maqola chiqqan edi. Bu kabi xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida futbolchining o‘zi bilan bog‘landik.

Avvalambor, Assalomu alaykum. Men haqimda hozirda ko‘plab mish-mishlar yuribdi. Bularga ishonmaslikka chaqiraman.

Xabaringiz bor, “Bunyodkor”ga qarshi kubok bahsidan 2 kun avval qo‘lim singan edi. Qo‘limni "gips" qilishmadi va qo‘limni bog‘lab, bitta qo‘lda harakat qilib yurdim. Keyin birdaniga sovuq tushib ketgach, qo‘l payi og‘rishni boshladi. Yig‘indan bir hafta oldin jamoa shifokori bilan uchrashib, unga qo‘limni ko‘rsatdim. Rentgen natijalariga ko‘ra, qo‘limni davolatish kerakligini aytdi.

So‘ngra, 20 dekabr kuni shifokor, men va jamoa boshlig‘i Ma’ruf To‘raqulov bilan birga Viktor Jalilov oldiga kirdik va gaplashdik. Jalilov 3 yanvar kuni navbatdagi yig‘inga sog‘lom bo‘lib chiqishimni aytdi.

To‘g‘ri, mini futbol o‘ynaganim rost. Faqat doimiy mini futbol o‘ynamayman. Yig‘in paytida emas, dam olish vaqtida do‘stlarim bilan chigal yozdi sifatida, jismoniy holatimni ushlash uchun o‘ynadim. Shu o‘yinda qaysidir meni yomon ko‘rgan muxlis rasmga olib tarqatgan. To‘g‘risi, muxlislarga tushunmayapman.

Bilasiz, 2 yildan buyon “Andijon”da o‘ynayapman. Xudoga shukr, bu yil birinchi o‘rinni olib Superligaga chiqdik. Bu osonlikcha qo‘lga kiritilmadi. Bu nafaqat futbolchilarning, balki butun Andijon xalqining g‘alabasi.

“SOBALT”ni olib o‘zidan yulduz yasab olibdi",- degan gapga kelsak, men unaqa bola emasman. Bunday sovg‘a berishlarini ham kutmagan edim. Unaqa gap so‘zlarga e’tibor bermayman. Bosh murabbiylar bilan oramizdagi munosabatlar yaxshi. Agar muxlislar o‘ylagan ishni qilganimda, meni haydashgan bo‘lardi.

Shuningdek, meni yomon ko‘rgan muxlislarga ham rahmat aytaman. Balki ular ham meni yaxshi bo‘lsin deb so‘kishayotgandir. Keyingi mavsumda ham “Andijon” sharafini munosib himoya qilamiz. Barcha takliflarni rad qildim, kuchim yetguncha “Andijon” bilanman. Hozirda mening hayolim faqat 3 yanvarda bo‘ladigan yig‘inga sog‘ salomat borish. Muxlislarni yaxshi ko‘raman – ular bor, biz bor”, - deydi Shahboz Jumaboyev.

Jaloliddin

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:20, 01.01.2019.
O'qildi: 8612 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.